Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet130/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Uchinchi holat, ya'ni agar sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza yozma fikrni taqdim etish uchun berilgan o‘n kunlik muddat o'tganidan keyin sudga kelib tushgan bo'lsa, sud buyrug'i ariza sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi. Masalan, kreditor sud buyrug'i berish to'g'risidagi arizani qarzdorga 1-yanvarda bergan va sudga esa o‘n kunlik muddat o'tib 15 yanvarda taqdim etgan. Bu holatda 16-yanvar kuni sud buyrug'i beriladi.
Sud buyrug'i ijro hujjati kuchiga ega. Ijro varaqasi berilmaydi. Sud buyrug'i bo'yicha undiruv buyruq berilgandan so'ng o‘n kunlik muddat o'tgach sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
IPKning 143-moddasida sud buyrug‘ini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslarini mustahkamlovchi normalar bayon etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi. Lekin qonun sudyaga sud buyrug‘ini berishni rad etish vakolatini beradi. Unga ko‘ra, agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa yoki huquq to‘g‘risidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblasa, sud buyrug‘ini berish rad etiladi.
Sudlar sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kreditorning o‘sha talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish huquqi mavjudligini tushuntiradi.
Sud buyrug‘ining mazmuni, ya’ni sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:

  1. iqtisodiy sudning nomi va buyruq berilgan sana;

  2. ishning tartib raqami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;

  3. qarzdor va kreditorning nomi, ularning manzillari;

  4. undirilishi lozim bo‘lgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim bo‘lgan mol-mulk, uning qiymatini ko‘rsatgan holda;

  5. neustoyka, agar to‘lanishi lozim bo‘lsa;

  6. qarzdordan undiruvchi yoki davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining summasi.

Sud buyrug‘i sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi iqtisodiy sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanib, undiruvchiga beriladi. Sud buyrug‘ining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi qarzdorga yuboriladi.
Agar qarzdor uzrli sabab bilan kreditorning talabiga qarshi o‘z vaqtida e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘i berilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Sud esa, o‘z navbatida, qarzdorning e’tirozini qabul qilish masalasini hal etar ekan, uning kreditor talabiga qarshi o‘z vaqtida e’tiroz bildirmaganligining sabablarini aniqlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishi kerak. IPKning 147-moddasi mazmunidan agar qarzdor kreditorning talabiga qarshi e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘la turib, o‘z vaqtida e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, uning sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi qabul qilinmasligi tushuniladi.
Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan IPKda muayyan talablar belgilanmagan. Shundan kelib chiqib, ariza erkin shaklda bayon etilishi mumkin, ammo unda sud buyrug‘ini bekor qilish sabablari ko‘rsatilgan, shuningdek unga ushbu sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling