Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet133/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, Fuqarolik kodeksining 11-moddasiga asosan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari quyidagilar etib belgilangan:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararni to‘lash;
neustoyka undirish;
ma’naviy ziyonni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.
Shu sababli birgina fuqarolik huquqlari doirasi yuqoridagi usullarning ko‘pchiligi iqtisodiy protsessual huquqda ham qo‘llaniladi. Chunki FKning 10- moddasiga asosan fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinishi belgilangan.
Masalan, sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, tovarlarning tayyorligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan so‘ng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Shartnomaning subyektlari har ikki tomon ham yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolar bo‘lgan taqdirda ular tomonidan iqtisodiy sudga da’vo taqdim etilishi mumkin.
Iqtisodiy ishlarning asosiy qismi da’vo ishlarini yuritish tartibida ko‘riladi. Iqtisodiy sudlarda buyruq tartibidagi ishlar, alohida toifadagi ishlar ko‘rib chiqilishi va hal etilishini ham e’tiborga oladigan bo‘lsak, sudlarda ushbu sud ishlarini yuritish turlariga qaraganda da’vo tartibidagi ishlarni yuritish ko‘pchilikni tashkil qilishini ko‘ramiz.
Iqtisodiy sudga murojaat - da'vo arizasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Da'vo arizasida manfaatdor shaxs - da'vogar boshqa shaxs - javobgarga qaratilgan o‘z talablarini bayon etadi. Da’voning huquqiy tabiati shundaki, iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilar ekan, huquq to‘g‘risida kelib chiqqan moddiy-huquqiy talabning qonuniyligi va asosliligini protsessual tartibda tekshiradi.
Da’voning taqdim etilishi va uni sud tomonidan qabul qilinishining ahamiyati, aynan shu harakatlar bilan sud jarayoni qo‘zg‘atilishi va unda sud ishga javobgarni jalb etishishi, dalillarni o‘rganib chiqishi va qaror chiqarishi, boshqacha qilib aytganda, sud himoyasini amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiy protsessda da’vo deganda, qonunda belgilangan protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga qaratilgan bir yoki bir necha shaxs (da’vogar) o‘zining buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida birinchi instansiya sudiga boshqa shaxs yoki bir necha shaxslar (javobgar) nisbatan moddiy huquqqa asoslangan talabidir.
Da’vo o‘z tabiatiga ko‘ra protsessual institut bo‘lib, moddiy huquq bilan bevosita aloqador hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiy protsessual huquq da’voning ikki tomonini nazarda tutadi:
-protsessual-huquqiy tomonlama o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga qilingan murojaat sifatida;
-moddiy-huquqiy tomonlama da’vogarning javobgarga qaratilgan da’vo talabi sifatida.
Har bir da’vo uning mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Da’vogar o‘z huquqlarini sudda himoya qilish talabi orqali da’vo mazmunini belgilaydi. Iqtisodiy sud odil sudlovni amalga oshirish jarayonida arz qilingan talablar doirasida harakat qiladi.



Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling