Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XI BOB. SUDDA IQTISODIY ISHLARNI QO‘ZG‘ATISH


Download 464.55 Kb.
bet141/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XI BOB. SUDDA IQTISODIY ISHLARNI QO‘ZG‘ATISH

  1. Da’vo taqdim etish huquqi va uni rad etish asoslari

Da'vo taqdim etish huquqi - bu manfaatdor shaxsning protsessual tartibda subyektiv moddiy huquqini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishdir.
Da’vo taqdim etish huquqi da’vo taqdim etishning protsessual-huquqiy tomoni bo‘lsa, da’voni qanoatlantirilishiga bo‘lgan huquq - da’vo taqdim etish huquqining moddiy-huquqiy tarafi hisoblanadi. Agar da’vogarda ushbu huquq layoqatining ikkalasi ham mavjud bo‘lsa, u o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga da’vo taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, da’vo taqdim etish huquqi bu nafaqat moddiy huquqning buzilishi, balki da’vo shaklida va uni majburiy amalga oshirishning protsessual tartibida himoyaga ega bo‘lish imkoniyatidir.
IPKning 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli. Bunda manfaatdor shaxs deganda o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risida murojaat qilayotgan shaxs tushunilishi lozim. Iqtisodiy sudga murojaat qilishdan voz kechish haqiqiy emas.
Iqtisodiy sudga murojaat qilish IPKda belgilangan tartib va shaklda amalga oshiriladi. Bunday murojaatlar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar iqtisodiy sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin.
Iqtisodiy protsessda sud himoyasida bo‘lish huquqi da’vo taqdim etish huquqi asosida amalga oshiriladi. Da’vo taqdim etishga huquqning mavjudligi yoki yo‘qligi da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish paytida tekshiriladi.
Masalan, IPKning 50-moddasiga muvofiq davlat organlari va boshqa shaxslar qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etishlari mumkin. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar da’vogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Ushbu organ va boshqa shaxsning taqdim etilgan da’vodan voz kechishi da’vogarni nizoni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Savdo-sanoat palatasi (SSP) va uning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan hududiy boshqarmalari “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismiga asosan SSP a’zolari - tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab iqtisodiy sudga da’volar taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan organlar jumlasiga kiradi.
Agar da’vogarning da’vo taqdim etishga huquqi bo‘lmasa, sud da’vo arizasini qabul qilmaydi. Da’vo taqdim etishning moddiy-huquqiy tomoni sud majlisida nizoni hal etish jarayonida tekshiriladi. Da’vogarning javobgarga nisbatan bo‘lgan talabining faktik va yuridik jihatdan asoslanganligi da’voni qanoatlantirilishiga olib keladi, natijada da’vogarning da’voni qanoatlantirish huquqi vujudga keladi. Da’vosini qanoatlantirilishi huquqining mavjud emasligi da’voni qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling