Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish


Download 464.55 Kb.
bet143/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish

Da’voning taqdim etilishi va uning sud tomonidan qabul qilinishini ahamiyati sud himoyasi ta’minlanishining kafili bo‘lib xizmat qiladi.
IPK 148-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
Izoh: Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina iqtisodiy sudda ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunday tartib, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi da’vogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim. Agar u nizomlar, qoidalar va boshqa qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa ham, qonunda ularni qo‘llash haqidagi havola normalari belgilangan hollardan tashqari, unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Ishlarning prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilishi talabnoma yuborish tartibiga rioya qilinganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Da’voni taqdim etish iqtisodiy sudga da’vo arizasi berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, sud himoyasida bo‘lish uchun da’vo taqdim etishning o‘zi Hetarli bo'lmaydi, bunda manfaatdor shas qonunda nazarda tutilgan protsessual talablarga ham rioya qilishi lozim.
Da’vo arizasi uni ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ish qo‘zg‘atilguniga qadar sud dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga (IPKning 90-moddasi), sud topshiriqlarini berishga (IPKning 91-moddasi), da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishga (IPKning 94-moddasi), ish yuritishni to‘xtatish yoki tugatishga (IPKning 101, 110-moddalari), ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishga (IPKning 163-moddasi), hal qiluv qarori qabul qilishga (IPKning 176-moddasi) haqli emas. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish masalasi hay’at tarkibida ko‘rish qoidalariga bog‘liq bo‘lmagan holda sudya tomonidan yakka tartibda hal etiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling