Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet140/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Da’voga bo‘lgan huquq va da’vo qo‘zg‘atishga bo‘lgan huquq tushunchalarining farqli va o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.

  2. Da’vo tushunchasi va uning elementlarini tushuntiring.

  3. Da’voni ta’minlash choralarini misollar asosida tahlil qiling.

  4. Da’voni tasniflash mezonlari asosida da’vo turlarini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
Da’vogar “Krona qurilish lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati iqtisodiy sudga 2018-yil 31-yanvarda da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar “2519- avtojamlanma” davlat korxonasidan 45.184.220 so‘m asosiy qarz va 19.700.319 so‘m penya jami 64.884.539 so‘m undirishni so‘ragan. Da’vogar “Krona qurilish lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyati sudga 2018-yil 24-fevralda da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib, javobgar “2519- avtojamlanma” davlat korxonasidan 45.184.220 so‘m asosiy qarz va 19.700.319 so‘m penya jami 64.884.539 so‘m undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ko‘rib chiqilgunga qadar va keyinchalik sud hujjatini ijro etib bo‘lmaydigan holga kelib qolishining oldini olish maqsadida javobgarning “O‘zsanoatqurilishbank” Toshkent shahar filialidagi hisobraqamidagi pul mablag‘larini xatlab qo‘yish shaklidagi da’voni ta’minlash choralarini qo‘llashni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Da’voni ta’minlash asoslari va tartibini tushuntiring.
2-kazus
“KARIMA” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o'rinlarda - da'vogar) iqtisodiy sudga da’vo bilan murojaat qilib, “ZIYOD” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 16.470.000 so‘m qarzdorlikni undirish va shartnoma tuzish majburiyatini yuklashni so‘ragan.
Aniqlanishicha, da’vo arizasiga da’vogar oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilmagan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 377-moddasi birinchi, uchinchi qismlariga asosan ushbu kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak. Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli. Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Yuqoridagilarga asosan da’vogarning da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar sudya tomonidan qaytarilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Sudyaning harakatlari qonunga muvofiqmi?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling