Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet148/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Da’vo arizasini qaytarish

Da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar quyidagi hollarda qaytariladi:

  1. Da’vo arizasining ushbu Kodeksning 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa. IPKning 149-moddasida nazarda tutilgan hamda sudya tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bilan bir qatorda javobgar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tortishuv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning mavjud bo‘lishini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan.

Izoh: Agar IPKning 155-moddasi birinchi qismining 1, 5, 6, 8-bandlarida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish asoslari iqtisodiy sud tomonidan da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng aniqlansa, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishtirish choralarini ko‘rishi hamda IPKning 159-moddasi tartibida talablarni alohida ish yuritishga ajratish masalasini ko‘rib chiqishi (agar bir nechta talablar bir yoki bir nechta javobgarlarga nisbatan qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa) shart.

  1. Da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomaning 17-bandiga ko‘ra, hujjat tashkilot rahbar xodimlari tomonidan yoki amaldagi qonun hujjatlari yoki boshqa huquqiy hujjatlar (nizom yoki tashkilot ustavi)da belgilangan ularning vakolatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.1999 yildagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma”ning 17-bandiga ko'ra, hujjatlarni “uning o'rniga” degan old ko'makchi, shuningdek lavozimi nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘l qo'yilmaydi.
Da’vo arizasini imzolash vakolati qonun yoki ta’sis hujjatlariga asosan belgilanadi. Vakillarning ish yuritish yuzasidan vakolatlari qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomada aks ettirilishi lozim. Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma uning rahbari yoki bunga vakolatli boshqa shaxs tomonidan (ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan) imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Iqtisodiy protsessual kodeks vakillik qiluvchi shaxsning mazkur tashkilotning shtat birligida ekanligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjat taqdim etilishini talab qilmaydi. Shuning uchun vakilga berilgan ishonchnomada uning mazkur tashkilotdagi lavozimi ko‘rsatilishi lozim.
Fuqaro tomonidan beriladigan ishonchnoma notarial tartibda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling