Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet147/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Birinchidan, vakil tortishuv hujjatlariga (da’vo arizasi, fikr-mulohaza va boshqalar), sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi.
Ikkinchidan, vakil quyidagi huquqilarga ham ega, ya’ni da’vo talablaridan to‘liq yoki qisman voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimi tuzish. Da’vodan voz kechish, da’voni tan olish, kelishuv bitimi tuzish sud muhokamasining yakunlanishiga olib keladi.
Natijada ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uchinchidan, vakil boshqa mas’uliyatli harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Bularga ishni hakamlik sudiga topshirish, vakolatlarini boshqa shaxsga topshirishlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Mazkur vakolatlarning har biri ishonch bildiruuvchi uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, ijro ish yurituvchi doirasida vakil tegishli pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarni olishi mumkin.
Har bir maxsus vakolat ishonch bildiruvchi vakilga maxsus vakolatlarni amalga oshirishga huquq bersa, buni ishonchnomada qayd etishning o‘zi etarli hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun mulkni boshqarishga vakolatli bo‘lgan organnning roziligi talab etilishi mumkin.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq iqtisodiy sudga yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Iqtisodiy sud tomonidan aniqlanadigan yuridik faktlarga, xususan: bino yoki yer maydonining mulk huquqi asosida mansubligi fakti; ko‘chmas mulkka 15 yil davomida o‘ziniki kabi insofli, ochiq va uzluksiz egalik qilish yoki boshqa mulkka 5 yil egalik qilish fakti; tashkilotning muayyan vaqtda va muayyan joyda ro‘yxatdan o‘tish fakti va boshqalar tegishli.
Iqtisodiy sud quyidagi shartlarning yig‘indisi mavjud bo‘lganda yuridik faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni o‘z ish yurituviga qabul qiladi va ko‘radi:

  • agar qonunga ko'ra fakt huquqiy oqibatlarni, ya'ni tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishini keltirib chiqarsa;

  • agar yuridik faktning aniqlanishi keyinchalik iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi nizoni hal etish bilan bog‘liq bo‘lmasa;

  • agar arizachi yuridik faktni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni olish yoki tiklashning boshqa imkoniyatiga ega bo‘lmasa;

  • agar amaldagi qonun hujjatlarida yuridik faktni aniqlashning boshqa suddan tashqari) tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Yuridik faktni aniqlash to‘g‘risidagi ariza IPKning 149-moddasida bayon qilingan talablarga rioya etgan holda beriladi. Bundan tashqari, unda arizachi aniqlashni so‘rayotgan fakt, uni tasdiqlovchi dalillar, ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati; arizachi uchun fakt aniqlanishi zarurligining maqsadi, arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish imkoni yo‘qligini yoki yo‘qotilgan hujjatlarni boshqa usul bilan tiklashning imkoni yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar ko‘rsatilishi lozim.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan qarzdor, belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati yuzaga kelgan muddatdan qat’i nazar, o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, shuningdek davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalari iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji to‘lovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Iqtisodiy sud tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji qarzdordan undiriladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim. Arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi iqtisodiy sudning ajrimida kuzatuv taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
Mol-mulki mavjud bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sud arizachidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organidan tegishli nomzodni taqdim etishni talab qiladi.
Davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi ustidan nazorat olib boruvchi vakolatli organ)ning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligi haqida dalillar ilova qilinishi kerak. Arizaga kreditorning qarzni undirish to‘g‘risidagi sud qarori, ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi.
Hisob raqamga qo‘yilgan va qarzdorning pul mablag‘lari yo‘qligi uchun bank bajarmagan inkasso topshiriqnomalarining arizaga ilova qilinishi davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligining dalili bo‘lishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organi qarzdorning mol-mulki mavjud bo‘lganda soliq qarzini undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning qarorini arizaga ilova qilishi shart.
Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishda sudya qarzdor yuridik shaxsning eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan, qarzdor - yakka tartibdagi tadbirkorning esa eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jami qarzi mavjudligini va bu majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi zarur.
Da’vo arizasini qabul qilish masalasini sudyaning yakka o‘zi hal qiladi.
Da’vo hujjatlarini tekshirish natijasi yuzasidan quyidagi ajrimlardan biri chiqariladi:

  • da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risida;

  • da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;

  • da Ую arizasini qaytarish to ‘g ‘risida.

Sudya qonunda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan da’vo arizasini iqtisodiy sudning ish yuritishiga qabul qilishi shart.
Sudya da’vo arizasini qabul qilish to‘g‘risida u kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Bu ajrimning mazmuni ishni majlisda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
Da’vo arizasini xo‘jalki sudi ish yurituviga qabul qilish masalasi har bir shasxning Konstitutsiya bilan kafolatlangan sud himoyasi huquqiga ega ekanligi biln bevosita bog‘liqdir. Da’vo arizasini qabul qilishda kelib chiqadigan munosabatlarning tartibga solinishi esa sud himoyasidan hamma foydalanishi mumkinligi tamoyili bilan bog‘liqdir.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling