Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 464.55 Kb.
bet146/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini.

Izoh: Soliq kodeksining 336-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat boji naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi. Davlat boji naqd pulsiz shaklda to‘langanligi xizmat ko‘rsatuvchi bankning belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomalari hamda pul qabul qilinganligi va davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyalar (asli) da’vo arizalari (arizalar)ga ilova qilinadi.
Shuni hisobga olish kerakki, mulkiy nizo bo‘yicha iqtisodiy sudga da’vo arizasi berilganda, agar da’vo qiymati, shartnoma summasi chet el valyutasida belgilangan bo‘lsa, davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.

  1. da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini. Hujjatlarning nusxalari yubrilganligini tasdiqlovchi pochta kvitansiyasi ilova qilinadi.

  2. nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa. Bunda talabnoma nusxalari va ularning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

  3. da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni. Bunday hujjatlar sifatida da’vo talablari asoslarini tasiqlovchi holatlarni nazarda tutuvchi shartnoma, dalolatnoma, yozishmalar va boshqa dalillar bo‘lishi mumkin.

Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, uning da’vo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Iqtisodiy protsessual kodeks ayrim protsessual harakatlarni ishonchnomada yoki boshqa hujjatlarda maxsus nazarda tutilishini ham belgilaydi. Iqtisodiy protsessual kodeksning 63-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan da’vo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, da’vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da’voni tan olish, da’vo predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno. Vakilning ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu vakolatlardan maxsus guruhlarni ajratish mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling