Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet149/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining da’vo arizasi (arizasi)ga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va da’vogar o‘rtasida tuzilgan a’zolik shartnomasi ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda da’vo arizasi (ariza) IPKning 155- moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, ushbu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, da’vo IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda ko‘rmasdan qoldiriladi.

  1. Ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa. Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari vakolatlari hajmi va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan teng hisoblanadi. Bu holat turdosh sudlovlilikni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, u yoki bu iqtisodiy ishni mazkur iqtisodiy sudda ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmasa, u shu pog‘onadagi boshqa iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Shunga ko‘ra, sudlovga tegishlilik qoidasi buzilganligi aniqlangan taqdirda da’vo arizasi qaytariladi va da’vogarga qaysi sudga da’vo taqdim etishi lozimligi tushuntiriladi.

Izoh: Da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng IPK 155-moddasi birinchi qismining 3- bandida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun bo‘lgan asos aniqlangan holda, sud IPKning 39- moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sudlovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha ishni ko‘rish uchun boshqa iqtisodiy sudga o‘tkazishi lozim.

  1. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;

  2. Javobgar va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa. Hujjatlarning nusxalari aloqa bo‘limlari orqali yuborilganligi pochta kvitansiyalari bilan tasdiqlanadi.

  3. Davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa.

Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’voning bahosi talab qilinayotgan summadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mulk huquqini tan olish, shuningdek huquqiy munosabatning mavjud emasligini tan olish (masalan, shartnomani haqiqiy emas deb topish) to‘g‘risidagi da’volar baholanmaydi. Bunday da’volar bo‘yicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi da’vo arizalari uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.
Mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha da’vo bahosi mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Biroq hisobga olish kerakki, da’vo taqdim etilgan paytda talab qilib olinayotgan mol-mulkning bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qoida tariqasida taxminiy xarakterga ega, chunki da’vogarda mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlash majburiyati yo‘q. Sudning talab qilinayotgan mol-mulk bahosining kamaytirilishi munosabati bilan arizachi tomonidan davlat boji kam miqdorda to‘langanligi to‘g‘risidagi taxmini da’vo arizasini qaytarish uchun asos bo‘lmaydi. Iqtisodiy sud talab qilinayotgan mol-mulkning bahosi kamaytirilgan deb topgan hollarda va ishni ko‘rish davomida mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlaganda, davlat bojining yetishmayotgan qismi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha undirilishi kerak.
Soliq kodeksining 327-moddasiga muvofiq yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir. Shundan kelib chiqib, davlat boji ishda ishtirok etmayotgan shaxs tomonidan to‘lanishi mumkin emas. Agar davlat boji da’vogar (arizachi) yoki apellatsiya yoxud kassatsiya shikoyati beruvchi shaxs o‘rniga boshqa shaxs tomonidan to‘langan bo‘lsa, davlat boji haqiqatda to‘lanmaganligidan kelib chiqishi hamda shunday ekan, da’vo arizasi (ariza), apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati tegishincha IPKning 155-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 269-moddasi birinchi qismining 3-bandi va 292-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytarilishi lozim.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling