Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet151/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 155-moddasi birinchi qismining 2 va 9-bandlarida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asoslar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud da’voni IPK 88- moddasining tegishincha 3 va 4-bandlari asosida ko‘rmasdan qoldiradi.

  1. da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa. Da’vogar da’vo arizasini qaytarib olish to‘g‘risidagi ariza berishi mumkin, biroq u xo‘jalki sudiga da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgunga qadar taqdim etilishi lozim.

IPK 155-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asoslar ro‘yxatini kengaytirilgan tarzda talqin etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudya da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda da’vo arizasi iqtisodiy sudga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi.
Da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta iqtisodiy sudga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.

  1. Da’vo talablarini birlashtirish va ajratish

Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha talabni bitta da’vo arizasida birlashtirishga haqli. Da’volarni birlashtirish bitta sud jarayonida bir necha nizoni yanada tez va to‘g‘ri hal etish, bir-biriga bog‘liq talablar yuzasidan o‘zaro zid bo‘lgan sud hujjatlari chiqarilishini oldini olishga, ish yuzasidan sud xarajatlarini kamaytarishga imkon beradi.
O'zaro bog'liqlik deganda da'vo talablari qaratilgan va asoslangan huquqiy munosabatning bog'liqligi tushuniladi.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 149-moddasi 5-qismiga ko'ra, da'vogar bir necha talabni da’vo arizasida birlashtirishga haqli, biroq u bunga majbur emas.
Da’vo talablarini birlashtirish instituti protsessual tejamkorlik tamoyilini amalga oshirilishining shakllaridan biridir. Bir necha talablarni birlashtirganda da’voning asosini tashkil qiluvchi yuridik faktlarning o‘xshashligi, o‘za bog‘liqligi hamda dalillar mos kelishi kerakligiga e’tibor qaratish lozim. Da’vogar nafaqat dalillarga havola qilishi, balki sud tomonidan haqiqatdan ham da’vo talablari o‘zaro bog‘liqligini tekshirish uchun ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiishi ham lozim.
Da’vogar tomonidan bir necha talablarning birlashtirilgan iqtisodiy sud uchun quyidagi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi:
-agar da'vo arizasini taqdim etishda da'vo talablarini birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, sud da’vo arizasini ish yurituvga qabul qiladi
-bitta da'vo arizasida bir yoki bir necha javobgarga o'zaro bog'lanmagan bir necha talab birlashtirilgan bo‘lsa sud da’vo arizasini qaytaradi
-da'vo talablari o'zgartirilishi natijasida da'vo talablari birlashtirilganda sud da’vo talablarini birlashtirish haqidagi iltimosnomani qanoatlantiradi va o‘zgartirilgan hamda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan talablarni mazmunan ko‘radi yoki o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lmasa iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.
Sud talablarni emas, balki iqtisodiy ishlarni birlashtirish huquqiga ega. Iqtisodiy sudlar birinchi instansiyada ishni ko‘rish chog‘ida ayni bir xil taraflar ishtirok etuvchi bir xil toifdagi ishlarni birlashtirishga haqli.
Iqtisodiy protsessual qonunchiligi ishlarni birlashtirishning majburiy talabi sifatida - ishlarning bir turda ekanligini nazarda tutadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling