Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet153/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKda iqtisodiy ishlarni birlashtirishning protsedurasi tartibga solinmagan. Agar bitta iqtisodiy sudning o‘zida bir yoki bir necha ish birlashtirilsa, qaysi sudya birlashtirilgan ishni ko‘rib chiqadi? Nazarimizda bu masalani sud raisi hal qiladi.
Iqtisodiy sud ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha talabni bitta da’vo arizasida birlashtirganda da’vo bahosi barcha talablarning summasiga qarab aniqlanadi. Soliq kodeksi 337-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashgan da’vo talablari alohida ish yuritish uchun ajratilgan taqdirda, da’vo taqdim etilganda to‘langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yuritishga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor to‘lanmaydi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Da’vo arizasini rad etish asoslarini misollar asosida tushuntiring.

  2. Da’vo talablarini birlashtirish va ajratish tartibini tushuntiring.

  3. Da’vo arizasini rad etish va qaytarish asoslarining farqli jihatlarini tahlil eting.

  4. Da’vo arizasiga nisbatan qo‘yiladigan protsessual talablarni izohlang.

KAZUSLAR
1-kazus
“O‘zstandart” agentligi Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga nisbatan da’vo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilib, hududiy boshqarmaning 2015 yil 9 iyundagi 02-2/6-son qarorini haqiqiy emas deb topish so‘ragan.
Da’vogar da’vo arizasida markazga mijozlar, tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan murojaat xatlari taqdim etilganligini, ularning murojaatlari va moliyaviy ahvoli o‘rganib chiqilganligini va mijozlarga sharoit yaratish maqsadida litsenzion ajratmalar kamaytirilganligini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, da’vo arizasiga da’vo talablariga asos bo‘lgan mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmaganligi sababli sud tomonidan da’vo arizasi qaytarilgan.
Sud tomonidan da’vo arizasi to‘g‘ri qaytarilganmi?
Ushbu holatda da’vogar o‘z dalillarini sud majlisiga taqdim etishi mumkinligi holatiga o‘z fikringizni bildiring.
2-kazus
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga murojaat qilib, “O‘ktambank” ATB tugatish komissiyasiga nisbatan investorlar, tekshiruvchi organlar va nazorat qiluvchi organlarni atayin noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish (taqdim etish) orqali chalg‘itganlik uchun 25.168.000 so‘m jarima qo‘llash hamda Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Toshkent shahar boshqarmasini bankning kreditorlar ro‘yxatiga kiritishni so‘ragan.
Sud Iqtisodiy protsessual kodeksining 155-moddasi 1-qismining 8-bandiga asosan bitta da’vo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga o‘zaro bog‘lanmagan bir necha talab birlashtirilganligini asos qilib, da’vogarning da’vo arizasini qaytargan.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering? Da’vo talablarining o‘zaro bog‘lanmaganligi qaysi mezonlarga asosan aniqlanadi?

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling