Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bu


Download 464.55 Kb.
bet155/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bu - iqtisodiy protsessning mustaqil bosqichi bo‘lib, ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilinishiga qaratilgan harakatlar yig‘indisidir.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:

  • ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni va qo‘llaniladigan qonun hujjatlarini aniqlash;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilari tarkibi masalasini hal etish. Ushbu vazifani hal etish uchun oldin nizoli huquqiy munosabat tahlil qilinishi lozim. Bunda iqtisodiy ishidan moddiy- huquqiy (da’vogar, javobgar, uchinchi shaxslar), protsessual (guvoh, ekspert, tarjimon) yoki ommaviy huquqiy (davlat organlari yoki fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) manfaatdor bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash imkoniyati vujudga keladi.

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etishi kerak bo'lgan dalillarni aniqlaydi. Bunda sud ish bo‘yicha barcha zarur dalillarni taqdim etilishidan sudning odil sudlovni amalga oshirish vazifasidan kelib chiqib, manfaatdor bo‘lishi va dalillar olinishi uchun protsessual harakatlarni bajarishi lozim. Chunki ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalilni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasligi mumkin.

-taraflarni murosaga keltirish. Iqtisodiy faoliyatdan kelib chiqadigan va amaliyotda iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ko‘pgina nizoli munosabatlar hal etilishi qiyin bo‘lmagan nizolardan iborat. Masalan, shartnomaviy majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik bilan bog‘liq nizolar uning ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy asosda bajarilishi mumkin. Bunday vaziyatda sud alohida o‘rin egallaydi: sudya iqtisodiy sohasidagi qonunchilikni tushunadigan hamda tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan mansabdor shaxs sifatida taraflarni ishni kelishuv bilan yakunlashlariga erishtirishi mumkin.
Sudga tayyorlash ishlarini olib borishda sudyalarning faoliyatida nuqson, kamchilik bo‘lmasligi kerak. Ish ko‘rilishining sifati, iqtisodiy protsessning tez va aniq bo‘lishligi ko‘p darajada iqtisodiy ishlarni sudda to‘g‘ri tayyorlashga bog‘liqdir.
Ishni ko‘rish uchun tayyorlash yuzasidan barcha protsessual harakatlar faqat sudya tomonidan qilinganidan so‘ng yetarli darajada tayyorlangan hisoblanadi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling