Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sudya protsessual talablarga rioya qilgan holda ishni sudda ko‘rish tayyorlash bo‘yicha quyidagi majburiy harakatlarni amalga oshiradi


Download 464.55 Kb.
bet158/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sudya protsessual talablarga rioya qilgan holda ishni sudda ko‘rish tayyorlash bo‘yicha quyidagi majburiy harakatlarni amalga oshiradi:
- ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlar bajarishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni taklif etadi. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda, agar sud nizoni mavjud dalillar asosida ko‘rishning imkoniyati yo‘q deb hisoblasa (IPK 163-moddasi birinchi qismining 3-bandi), ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilishni taklif etishga haqli.

  • ishni sudda ko'rishga tayyorlashda iqtisodiy sud manfaatdor shaxslarni ish bo‘yicha ish yuritish haqida IPK 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.

Iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, ya’ni ishdan shaxsiy yoki jamoat manfaatlari bor shaxslarni xabardor qiladi. Bunday shaxslar sud majlisida yoxud alohida protsessual harakatda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslik masalasini mustaqil hal etishga haqlidir. Shu bilan birga iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisida ishtirokini majburiy deb hisoblashga haqli.

  • guvohlarni chaqirtiradi. Guvohlik ko‘rsatmasida sud boshqa isbotlar bilan aniqlashi mumkin bo‘lmagan ishning holatlari to‘g‘risidagi olinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar bo‘ladi. Ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillar haqidagi biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs guvoh bo‘lishi mumkin. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya guvohlar doirasini, ular turgan joyni, guvohlar ishining holatlari bilan bog‘liq qanday ma’lumotlar berishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek ularning sud majlisiga kelishlarini ta’minlash choralarini ko‘radi. Iqtisodiy sud odil sudlovga ko‘maklashadigan shaxslar: ekspert, guvoh, tarjimonni sud majlisiga chaqiradi. Qayd etilgan shaxslarning iqtisodiy sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi majburiy hisoblanadi.

  • ekspretiza tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi. Ekspertiza ishda qatnashuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Shu sababli agar ishda qatnashuvchi shaxslardan hech biri bunday iltimosnoma bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, kelib tushgan materialarni o‘rganish esa ekspert xulosasini berilishini taqozo etsa, sudya ularga ekspertiza o‘tkazish zarurligini, bu haqida ular tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi, ekspert xulosasi olinishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha taklif qilish va ekspertlarni tavsiya qilishi lozim.

  • dalillarning daxldorligi va ularga yo‘l qo‘yilishi mumkiligini tekshirish.

Dalillarning daxldorligi qoidasiga amal qilib, sudya faqat isbot qilish predmetiga kiruvchi faktlarni aniqlash uchun, haqiqatdan ham, zarur bo‘lgan dalillarni tanlab oladi.
Dalillarga yo‘l qo‘yilishi qoidasiga asosan ish holatlarini muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi zarur bo‘lgada sudya boshqa dalillarni qabul qilmasligi kerak. Masalan, Fuqarolik kodeksining 109-moddasiga muvofiq bitim oddiy yozma shakliga rioya qilinmagan holda tuzilgan bo‘lsa, tomonlar bitim tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlashga haqli emaslar.

  • boshqa iqtisodiy sudlarga sud topshiriqlarini yuboradi. Ushbu harakat boshqa hududda dalillarni olish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Ushbu hollarda ishni sudda ko‘rishga tayyorlovchi sudya ajrim chiqaradi. Unga ko‘ra tegishli sudga muayyan protsessual harakatlar bajarishni topshiradi, masalan, ashyoviy yoki yozma dalillar ko‘rib chiqishni, yashash joyi uzoq bo‘lganligi yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra ishni ko‘rayotgan sudga kelishi qiyin bo‘lgan guvohni chaqirishni va so‘roq qilishni topshirishi mumkin.

  • ishda ishtirok etuvchi tashkilotlar rahbarlarini tushuntirish berish uchun chaqirish masalasini hal qiladi. Sudya ushbu masalani hal etar ekan, aniq bir ishning xususiyatidan va isbotlanishi kerak bo‘lgan holatlardan kelib chiqishi kerak. Agar rahbarlar nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lsa, biroq ularning o‘zlari yuridik organ sifatida tashkilot manfaatlarini sudda ifodlanish niyatida bo‘lmasa, ular iqtisodiy sudga guvoh sifatida chaqiriladi.

  • agar bunday choralar ko‘rilmasligi sud hujjati ijro etilishini qiyinlashtirishi yoki mumkin qilmaydigan bo‘lsa da’voni ta’minlash choralarini ko‘radi. Da’voni ta’minlash choralari ko‘rilishiga manfaatdor tomonning arizasi mavjud bo‘lgan sharoitdagina yo‘l qo‘yiladi, arizani esa ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarni chaqirmasdan ko‘rib chiqish mumkin. Tayyorlash bosqichida da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

  • agar tashkilotni hay’at organi boshqarsa va da’vo arizasiga uning rahbari yoki o‘rinbosarining uni imzolashga vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo‘lsa, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda da’vogarga tegishli hujjatni taqdim etishni taklif qilishi kerak.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling