Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sudya nizoni to'g'ri va o‘z vaqtida hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlari


Download 464.55 Kb.
bet159/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sudya nizoni to'g'ri va o‘z vaqtida hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlari

Taraflar vakillarini vakolatlarini tekshirish (da'vo arizasini imzolash vakolatiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan da'vo arizasi imzolanganligi haqida gumon bildirilsa)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning manzillarini aniqlash maqsadida soliq va tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish organlariga so'rovlar yuborish

Dalilni saqlayotgan shaxs so'ralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini iqtisodiy sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra bajarmasa, bu shaxsga jarima solish masalasini ko'rib chiqish



  1. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi
    shaxslarning harakatlari


Iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va asosida amalga oshirilishi bilan bog‘liq tamoyildan kelib chiqib, ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda sudya bilan bir qatorda ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham tayyorgarlik ishlarini olib borishlari lozim.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichi nafaqat sudya uchun, balki protsess ishtirokchilari uchun ham tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Chunki aynan shu davrda da’vogar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni bajaradi, hamma dalillarni keltiradi, o‘z navbatida, javobgar ham, da’voga qarshi e’tirozlarini sudga keltiradi, shuningdek e’tirozlarni asoslash uchun topshirilishi mumkin bo‘lgan dalillar keltiradi.
Bundan tashqari, ishga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar ham ishni sud muhokamasiga ko‘rishga tayyorlanishlari lozim, chunki ish bo‘yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning huquq va majburiyatlariga daxl etishi mumkin. Uchinchi shaxslar ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida dastlab ish materiallari bilan tanishishlari lozim. Ish materiallarini o‘rganish va tahlil etish orqali nizoning mohiyati, taraflar o‘rtasida vujudga kelgan huquqiy munosabatni aniqlash mumkin, shuningdek ish hujjatlarda u yoki bu dalil mavjud yoki mavjud emasligi haqida axborot olish va taraflarga nisbatan o‘z fikrini shakllantirishi mumkin. Uchinchi shaxslar ish materiallarini o‘rganish orqali uning huquq va manfaatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida xulosaga keladi.
Uchinchi shaxslarning ishni sudda ko‘rishga tayyorlashdagi ishtiroki natijasida ishda mavjud bo‘lmagan dalillarni taqdim etilishiga va nizo yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etish imkoniyati vujudga keladi.
Umuman olganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda faol ishtirok etishishi nizoni to‘g‘ri va o‘z muddatida hal etilishiga erishish mumkin. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichidan o‘tilmasa, ishni ko‘rishni asossiz ravishda qoldirilishiga va sud tomonidan xatolarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling