Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim


Download 464.55 Kb.
bet160/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim

Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda ko‘rishga tayinlash, uni o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Izoh: Sudya sud majlisidan tashqari (masalan, ishni sud muhokamasida ko‘rishga tayyorlash jarayonida) ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqarishga haqli emas.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ko‘rsatma hamda ishda ishtirok etayotgan shaxslarning bajarishi lozim bo‘lgan harakatlari va ularni bajarish muddatlari da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda yoxud ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda aks ettirilishi mumkin, biroq bu hujjatlarning ketma-ketligi protsessual munosabatlarning haqiqiy rivojlanishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Sudya avval da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish masalasini hal etib, bu haqida ajrim chiqaradi, so‘ngra IPKning 162-moddasiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Izoh: hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlar alohida toifadagi ishlar hisoblanadi. Agar arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilishlari, unga tegishli raqam berishlari hamda ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarishlari lozim.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashga qaratilgan IPKning 163-moddasida qayd etilgan protsessual harakatlarni sudya IPKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi. Agar ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya boshqa javobgarni yoxud boshqa shaxslarni jalb qilishni, ekspertiza tayinlashni, da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishni zarur deb topsa, u holda tegishli harakatlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda qayd qilinadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling