Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet168/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni mazmunan ko‘rish, ya’ni sud muhokamasining ish holatlarini tekshirish bilan kechadigan alohida jarayoni hisoblanadi. Sudya tomonidan daliliy axborotlarni qabul qilishi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa chiqarishining ishonchli kafolati bo‘lib, nizo bo‘yicha qonuniy va asosli qaror chiqarilishini ta’minlaydi.
IPKning 174-moddasi birinchi qismiga muvofiq sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Sud tomonidan bevosita tekshirilmagan dalillar (masalan, taraflardan birining vakili tomonidan unga og‘zaki yetkazilgan) sud hujjatining asosiga qo‘yilishi mumkin emas. Bundan tashqari, sud yozma ravishda taqdim etilgan va sud majlisida o‘zlari tomonidan e’lon qilinmagan (masalan, sud majlisiga kelmaganligi uchun) taraflarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatmalari va ekspertlarning xulosalarini e’lon qilishga majbur. Bunday dalillarning e’lon qilinishi protsessning boshqa ishtirokchilariga ularni baholash va o‘zlarining fikrlarini bildirish imkonini berish uchun zarur.
Izoh: Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi davomida taqdim etilgan yozma dalillar, yozma shaklda berilgan iltimosnomalar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimi tomonidan skaner uskunasi va aloqa vositalari orqali ishni ko‘rayotgan sudga darhol yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sud muhokamasi davomida taqdim etilgan va ishni ko‘rayotgan sud tomonidan qabul qilgan ashyoviy dalillar (videoyozuv, audioyozuv, fotografiya va boshqalar)ni texnik vositalar yordamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodim namoyish etadi.
Sud muhokamasi davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudga taqdim etilgan yozma, ashyoviy va boshqa dalillar keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan ilova qilinayotgan hujjatlar yoki boshqa dalillarning ro‘yxati ko‘rsatilgan holda kuzatuv xati bilan davlat feld’egerlik xizmati orqali ishni ko‘rayotgan sudga yuboriladi
Sud muhokamasi davomida videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudga taqdim etilgan yozma, ashyoviy va boshqa dalillar ishni ko‘rayotgan sudga kelib tushgandan so‘ng sud majlisi kotibi tomonidan belgilangan tartibda ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Ishni ko‘rish sudning o‘zgarmas tarkibida amalga oshiriladi, ya’ni bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rish boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan mazmunan ko‘rilishi kerak.
Raislik etuvchi yoki tarkibdagi sudyalardan biri kasalligi, xizmat safari va ta’tilda bo‘lishlari sababli yoki qonunda nazarda tutilgan tartibda sudyalik vakolatlari to‘xtatilganda yoki tugatilganda, shuningdek ulardan biriga nisbatan berilgan rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan almashtirilishi mumkin.
Ishni ko‘rish jarayonida sudyalardan biri almashtirilgan taqdirda ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Boshlangan sud protsessining dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom ettirilishini talab qiladi.
Ushbu qonun normasi uzluksizlik tamoyili ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi, unga ko‘ra, sudya o‘zining diqqat e’tiborini faqat bir ishni hal qilish uchun jamlashga undaydi va ishlarning sifatli ko‘rilishi, qonuniy va asosli sud hujjatlari qabul qilinishiga sharoit yaratadi.
Alohida hollarda majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus e’lon qilinishi mumkin. Bu holatda qaror qabul qilingunga qadar sudya boshqa ishni muhokama qilishga haqli emas.
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga yoki yuqorida qayd etilgan ajrimlar chiqarilguniga qadar iqtisodiy sud boshqa ishlarni ko‘rishga haqli emas.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi va ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha arizalari va iltimosnomalarini iqtisodiy sudi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib bo‘lgach, hal qiladi.
Protsessual harkatni amalga oshirishga qaratilgan iltimosnoma iqtisodiy sudga murojaat qiluvchining fikriga ko‘ra ishning to‘g‘ri ko‘rilishi va uning huquqlari rioya qilinishini va boshqa shaxslarga yuklatilgan protsessual majburiyatlarnini bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling