Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet170/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: ishni ko‘rishni keyinga qoldirish sud majlisidagi tanaffusdan farqli ravishda, ishni ko‘rish keyinga qoldrilgan, keyingi sud muhokamasi yangidan boshlanadi. Tanaffus e’lon qilinganda esa ishni ko‘rish to‘xtagan joyida davom etadi.
Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish asoslari turli xil bo‘lib, sud majlisining tayyorlov qismida, shuningdek keyinchalik ham yuzaga kelishi mumkin.
Iqtisodiy sudi ishni shu majlisda ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazish vaqtida videokonferensaloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Izoh: videokonferensaloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmaganligi deganda, ishni ko‘rish jarayonida texnik nosozliklar, shuningdek elektr energiyasi etkazib berilishidagi uzilishlarning yuzaga kelishi tushunilishi lozim.
Videokonferensaloqa o‘rnatishning imkonini yo‘qotishga olib kelgan texnik nosozliklar va elektr energiyasini etkazib berishdagi uzilishlar yuzaga kelganda, ishni ko‘rayotgan sud ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishi lozim.
Sud majlisi videokonferensaloqa o‘rnatish imkonining bo‘lmaganligi sababli qoldirilganda, ishni ko‘rayotgan sud boshqa aloqa vositasi orqali videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimini, bu xodim esa, o‘z navbatida, sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni yangi sud majlisining kuni va vaqti haqida tilxat orqali xabardor qiladi.
Izoh: Ushbu moddada ko‘rsatilgan ishni ko‘rishni qoldirish asoslari tugal hisoblanmaydi. Ishni ko‘rish sudning tashabbusi bilan ham, taraflarning iltimosnomalariga ko‘ra ham keyinga qoldirilishi mumkin. Ishni ko‘rish muddatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir aniq holatda sud majlisini qoldirish masalasini ish holatlaridan, iltimosnomada keltirilgan ishni qoldirish sabablaridan kelib chiqqan holda hal etiladi. Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda yoki sud majlisi sudning tashabbusi bilan qoldirilganda, sud majlisi ishni ko‘rish uchun belgilangan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga qoldirilishi kerak (IPKning, 164-moddasi). Agar sud majlisini ishni ko‘rish umumiy muddatidan oshadigan muddatga qoldirish zarur bo‘lsa, u iqtisodiy sudining raisi tomonidan IPK 164-moddasining ikkinchi qismiga asosan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida iqtisodiy sudi ajrim chiqaradi.
Izoh: ajrimda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, sud majlisini qoldirish uchun asos bo‘lgan sabablar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning keyingi sud majlisigacha bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlar ko‘rsatilishi kerak.
Ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. SHu bilan birga sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida bevosita sud majlisida xabardor qilinishlari mumkin, bunday holda xabardor qilinganlik fakti ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladigan tegishli tilxat bilan tasdiqlanadi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling