Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet166/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 127-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
IPKning 129-moddasiga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida o‘z manzillarining o‘zgarganligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
Iqtisodiy sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, ya’ni ishdan shaxsiy yoki jamoat manfaatlari bor shaxslarni xabardor qiladi. Bunday shaxslar sud majlisida yoxud alohida protsessual harakatda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslik masalasini mustaqil hal etishga haqlidirlar. Shu bilan birga, iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisida ishtirokini majburiy deb hisoblashga haqli.
Iqtisodiy sud odil sudlovga ko‘maklashadigan shaxslarni: ekspert, guvoh, mutaxassis, tarjimonni sud majlisiga chaqiradi. Qayd etilgan shaxslarning iqtisodiy sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi majburiy hisoblanadi (IPKning 53, 54, 58, 60-moddalari).
Sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmagan har bir holatda kelmaganlik sabablari haqida mavjud ma’lumotlar inobatga olingan holda hal etilayotgan ishning xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib, ishni uning ishtirokisiz ko‘rish imkoniyati to‘g‘risidagi masala muhokama qilinishi lozim.
Videokonferensaloqa rejimda ishni ko‘rayotgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarining ishni ko‘rayotgan sudda va sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudga hozir bo‘lganliklarini hamda ularning vakolatlarini tekshiradi. Bunda ishni ko‘rayotgan sud mazkur shaxslarning videokonferensaloqa rejimida sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudda hozir bo‘lganliklarini va ularning vakolatlari ushbu sudga taqdim qilingan va belgilangan tartibda aloqa vositalari orqali uzatilgan hujjatlarni o‘rganish va baholash yo‘li bilan tekshiradi.
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsi, mansab mavqeyi va vakillarning vakolatlari hujjatlar asosida aniqlashtiriladi.
Agarda sud majlisiga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan bo‘lsa, sud uning kelmaganligi oqibatlarini muhokama qilishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birotasi kelmasa va unga xabarnoma topshirilganligi haqida ma’lumot yo‘q bo‘lgan taqdirda sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirishi lozim. Agarda bu shaxslar xabardor qilingan bo‘lsa-da, lekin sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirishi yoki davom ettirishga haqli bo‘lib, bu to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sud majlisiga guvohlar yoki ekspert kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni ular ishtirokisiz ko‘rish haqidagi fikrini eshitib, sud majlisini davom ettirish yoki keyinga qoldirish masalasini hal qiladi.
Yuqoridagi protsessual harakatlardan so‘ng raislik etuvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling