Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi deganda


Download 464.55 Kb.
bet164/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisi deganda, real vaqt rejimida telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida audio va video axborotlar almashinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishni ko‘rayotgan sud va sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud o‘rtasidagi interaktiv o‘zaro ta’sir qilish yo‘li bilan masofadan sud majlisini o‘tkazish tushuniladi.
Izoh: Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi instansiya sudidagi kabi, apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sud majlislarida ham amalga oshirilishi mumkin.
IPK 166-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarining videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishlari ularning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi.
Sudda ishni ko‘rish bosqichida iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning quyidgi asosiy prinsiplari to‘liq va yaqqol namoyon bo‘ladi:

  • qonuniylik

  • sudyalarning mustaqilligi

  • taraflarning tortishuvi

  • oshkoralik va hakazo (ishlarni ko‘rib chiqishdagi oshkoralik tamoyili odil sudlov sifatiga har tomonlama ta’sir qiladi, faqat davlat siriga yoki tijorat sirini saqlash maqsadida oshkoralik tamoyilini istisno qilishga yo‘l qo‘yiladi.)

Izoh: IPK 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, davlat sirlarini yoki tijorat sirini saqlash zarur bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq majlisda ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishlari kerakki, taraflar tomonidan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish haqida iltimosnoma berilgan va u sud tomonidan qanoatlantirilgan holda yoki ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun boshqa zaruriyat tug‘ilganda sud majlisi faqat oddiy rejimda o‘tkazilishi mumkin, chunki videokonferensaloqa rejimida yopiq sud majlisini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud majlisi umumiy qoidaga ko'ra maxsus xona - sud majlisi zalida o‘tkaziladi.
Sud majlisining har bir qismi o‘ziga xos vazifa va mazmunga ega.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling