Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet165/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Sud majlisining tayyorlov qismi ushbu majlisda ishni ko‘rish uchun sharoitlar yetarliligini aniqlashga qaratilgan.
Sudya sud majlisini tayyorlov qismida quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshiradi:

  1. iqtisodiy sudning majlisini ochadi va qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi;

  2. ishda ishtirok etuvchi shaxslar, iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari majlisga kelganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilinganliklarini hamda ular kelmaganligining sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi;

  3. sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;

  4. kelgan guvohlarni so‘roq qilish boshlanguncha ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;

  5. ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;

  6. tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganlik uchun, guvohlarni bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganlik va ko‘rsatma berishdan bosh tortganlik yoki bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi;

  7. dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;

  8. ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini ta’minlab; majlisga rahbarlik qiladi;

  9. majlisda tegishli tartibni ta’minlash choralarini ko‘radi.

Izoh: Majlis zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydnomalar qilish, stenogramma olib borish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniy orqali translatsiya qilinishiga ishni ko‘rayotgan sudning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, birinchi instansiyada ishlar sudya tomonidan yakka ko‘riladi. Ammo sud raisining qaroriga muvofiq har qanday ish hay’atda ko‘rilishi mumkin. Ish hay’atda ko‘rilganda majlisga iqtisodiy sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi. Ushbu hay’at tarkibiga kiruvchi barcha sudyalar ishni ko‘rish va hal qiluv qarori chiqarish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal qilishda teng huquqqa egadirlar. Barcha masalalar va turli fikrlar ko‘pchilikning ovozi bilan hal etiladi.
IPKning 165-moddasi talablaridan kelib chiqib, sudya protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Dastlab muhokama uchun tayinlangan ishni ko‘rishda sudya sud zaliga kirib keladi. Raislik etuvchi hamma o‘tirishini so‘raydi va sud majlisini ochiq deb e’lon qiladi. Sud majlisini ochiq deb e’lon qilgandan so‘ng qaysi ish ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qiladi.
Sud muhokamasiga kirishishdan oldin sud majlisiga kelmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida qonun talablari asosida xabardor qilingan yoki qilinmaganligini aniqlaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling