Taraflarning kelishuv bitimi
Iqtisodiy munosabatlarni qonun asosida shakllantirishga ko‘maklashuvchi protsessual vositalardan biri sifatida kelishuv jarayoni alohida o‘rin yegallaydi. Taraflarning kelishuvi uchun faqat protsessual vositalarning o‘zi etarli bo‘lmaydi, balki nizo ishtirokchilarining murosaga kelishga qaratilgan harakatlari ham kerak bo‘ladi. Iqtisodiy protsessual qonunchilik taraflarni o‘zaro murosaga keltirishga qaratilgan huquqiy shart-sharoitlarni nazarda tutadi.
Kelishuv jarayonining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
iqtisodiy sudiga hal etish uchun topshirilgan nizo yuzasidan ushbu jarayondan foydalaniladi;
ular sudni nazorati ostida protsessual qonunchilik normalariga tayangan holda iqtisodiy va maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
uning maqsadi taraflarni kelishuvga erishtirish orqali iqtisodiy ishini tugatish hisoblandi.
Kelishuv bitimi bu - o‘zaro kelishishga asoslangan, da’vo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish to‘g‘risidagi taraflarning yozma kelishuvidir.
Iqtisodiy sudining kelishuv bitimini tuzishdagi murosaga keltirish choraari quyidagilardan iborat: taraflarga kelishuv bitimini tuzish huquqi, kelishuv bitimini tuzish imkoniyati va huquqiy oqibatlarini tushuntiradi, kelishuv bitimini tuzishlari uchun muddat beradi, tuziladigan kelishuv bitimlarining qonun talablariga muvofiq bo‘lishligini nazorat qiladi.
Kelishuv bitimining protsessual hujjat sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
u har qanday iqtisodiy ishi doirasida tuzilishi mumkin, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlash haqidagi ishlar yuzasidan huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmaganligi sababli kelishuv bitimi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |