Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet171/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim shikoyat (protest) qilinmaydi.
Ishni ko‘rishning tamomlanishi barcha dalillar dalillar tekshirilganidan keyin amalga oshirilib, sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arizalar bo‘lmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini e’lon qiladi va iqtisodiy sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi.
Taqdim etilgan barcha dalillar tekshirilganidan keyin ham ish bo‘yicha, shuningdek, qo‘shimcha dalillarni taqdim etish va ularni qaytadan tekshirish yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar zaruriyati bo‘lishi mumkin.
Shu sababli raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlashga majbur.
Agarda:

  1. ishda ishtirok etuvchi shaxslarda taqdim etish uchun qo‘shimcha materiallar bo‘lmasa;

  2. arizalar yuzasidan iqtisodiy sudi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirgan bo‘lsa;

v) ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomalarining qabul qilinishi sul ajrimi bilan rad etilgan bo‘lsa raislik qiluvchi ishni tugaganligini e’lon qilishga va hal qiluv qarorini qabul qilish uchun chiqib ketishga haqli.
Izoh: videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ish bo‘yicha dalillarni tekshirish tugaganidan keyin, sud hal qiluv qarori qabul qilish uchun, videokonferensaloqa rejimidagi sud muhokamasi o‘tkazilgan xonadagi protsess ishtirokchilari chiqib ketmagan holda alohida xonaga chiqib ketadi.

  1. Sud majlisining bayonnomasi

Sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma tuziladi.
Sud majlisining bayonnomasi bu - yozma protsessual hujjat hisoblanib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ayrim potsessual harakatlarni bajarganliklarini tasdiqlaydi.
Sud majlisi bayonnomasi sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda tuziladi.
Agar ish hujjatlarida sud majlisi bayonnomasi bo‘lmasa yoki u raislik qiluvchi yoxud sud majlisi kotibi tomonidan imzolanmagan bo‘lsa, u holda iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bekor qilinishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Bayonnoma sud majlisi vaqtida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda kotib tomonidan IPKning 201-moddasi qoidalariga rioya etgan holda tuziladi.
Sud majlisi bayonnomasidagi yozuvlar sud majlisi boshlangan vaqtdan to hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar protsessual harakatlar qanday ketma- ketlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, shu yo‘sinda bayon qilinishi lozim. Guvohlarning ko‘rsatmalari va ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va agar sud buni zarur deb topsa, ular tomonidan imzolanishi mumkin. IPKning 201-moddasiga muvofiq sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati tugal hisoblanmaydi. Bayonnomaga sud ish uchun muhim deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak. Xususan, unda guvohning ko‘rsatma berishni rad etishi yoki bo‘yin tovlashi, yolg‘on ko‘rsatma berganlik uchun javobgarligi haqida
ogohlantirilganligi, shuningdek uning majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi haqida undan tilxat olinganligi ko‘rsatiladi.
Bayonnomada sud tomonidan majlis zalidan chiqib ketmasdan chiqarilgan ajrimlar ham ko‘rsatiladi. Masalan, iltimosnomani qanoatlantirish to‘g‘risidagi (qanoatlantirilmasdan qoldirilganligi to‘g‘risidagi), qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi, sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi va boshqa ajrimlar kiradi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda,
bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling