Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishni hal qiluv qarori chiqarmasdan yakunlash asoslari va tartibi


Download 464.55 Kb.
bet179/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishni hal qiluv qarori chiqarmasdan yakunlash asoslari va tartibi

Iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishda ishni hal qiluv qarori chiqarmasdan yakunlash hal qiluv qarori kabi bir xil ahamiyatga ega. Ishni hal qiluv qarori chiqarmasdan yakunlashning ikki xil shakli mavjud:

  • ish yuritishni tugatish

  • da'voni ko'rmasdan qoldirish

Ish yuritishni tugatish va da’voni ko‘rmasdan qoldirish shakllari bir-biridan asosi va oqibatlari bo‘yicha farqlanadi.
Ish yuritishni tugatish asoslari IPKning 110-moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, da’voni ko‘rmasdan qoldirish asoslari IPKning 107-moddasida belgilangan. Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudiga ikkinchi bor murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach esa, da’vogar iqtisodiy sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
Ish yuritishni tugatish asoslari va tartibi
IPKning 110-moddasiga ko‘ra, iqtisodiy sudi quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:

  1. ish sudga taalluqli bo‘lmasa;

  2. fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno;

  3. hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

  4. ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

  5. ishda taraf hisoblangan fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

  6. da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;

  7. kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;

  8. da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;

  9. to‘plangan materiallar yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli bo‘lmasa.

Ish yuritishni tugatish asoslarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin,

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling