Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet182/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: agar iqtisodiy sudining qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori bo‘lsa yoki qarzdor korxona tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish IPKning 110-moddasi 2 va 4-bandlariga ko‘ra tugatiladi.

  1. Hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa ham ish yuritish tugatiladi, bunda hakamlik sudining qarorini majburiy tarzda ijro etish yuzasidan iqtisodiy sudi ijro varaqasini berishni rad etgan, ishni yangidan ko‘rish uchun hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudiga yuborgan, lekin ishni o‘sha hakamlik sudida ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan hollar bundan mustasno.

Ushbu holatda ham nizoning o‘xshash bo‘lishi talab etiladi, biroq, iqtisodiy sudi tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarori noqonuniy deb topilgan holatlar istisno etiladi, ya’ni hakamlik sudining qarorini majburiy tarzda ijro etish yuzasidan iqtisodiy sudi ijro varaqasini berishni rad etgan, ishni yangidan ko‘rish uchun hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudiga yuborgan, lekin ishni o‘sha hakamlik sudida ko‘rish mumkin bo‘lmay qolgan holatni iqtisodiy protsessual qonunchiligi o‘xshash holat deb hisoblamaslikni nazarda tutadi.

  1. Ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa iqtisodiy sudi ish yuritishni tugatadi.

Masalan, da’vogar “T” MCHJ iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar tuman davlat soliq inspeksiyasi hisobidan 2.345.000 so‘m undirishni so‘ragan.
Aniqlanishicha, “T” MCHJ iqtisodiy sudiga murojaat qilganidan keyin tuman hokimiyati Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining 20.06.2014 yildagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat reyestridan chiqarilgan.
Bu esa ishdagi mavjud tuman hokimiyati Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining ma’lumotnomasi bilan ham o‘z isbotini topadi.
YUridik shaxslarning yagona davlat reestriga yuridik shaxsning tugatilganligi haqidagi yozuv kiritilgandan keyin yuridik shaxsni tugatish nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi.
Mazkur holatda ishda ishtirok etuvchi shaxs bo'lmish tashkilot - “T” MCHJ tugatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.11.2010 yildagi 221-son “Xo‘jalik sudlari tomonidan moliya-iqtisodiy faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandiga ko‘ra, ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar muassislar (ishtirokchilar) tomonidan korxonani ixtiyoriy tugatish haqida qaror qabul qilinib, korxona yagona davlat reestridan chiqarilmagan bo‘lsa, arizadagi talab rad qilinishi, agar yagona davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa, ish yuritish IPK 110-moddasining 4-bandiga asosan tugatilishi kerak.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasi 4-bandiga ko‘ra ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa, iqtisodiy sudi ish yuritishni tugatadi.

  1. Ishda taraf hisoblangan fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa, iqtisodiy sud ish yuritishni tugatadi.

Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq, meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulk, ashyolar, shu jumladan uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga bo‘lgan huquq, dehqon xo‘jaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va h.k.lar kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomi o‘limidan so‘ng boshqa shaxsga huquqiy vorislik tartibida o‘tishi mumkin emas va bu maqom fuqaro vafot etishi bilan tugatiladi. Marhumning mulki merosxo'rlari - jismoniy shaxslarga o'tish hollarida garchand merosni qabul qilib olgan merosxo‘r meros qoldiruvchining qarzlari yuzasidan javob bersa-da, huquqiy vorislik asosida marhumning protsessdan chiqib ketganligi sababli protsessual huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling