Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet178/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: agar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqaro vafot etsa va bunda nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa ish yuritish to‘xtatib turiladi. Agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa ish yuritish tugatiladi.

  1. ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda.

Izoh: FKning 30-moddasiga ko‘ra, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.
Muomala layoqatining qisman cheklanishi sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda nizo aynan unga nisbatan fuqaroning muomala layoqati cheklangan huquqiga tegishli bo‘lsa, ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘ladi.
Iqtisodiy sudi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ish yuritishni to‘xtatib turadi.
Izoh: Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turishga IPKning 101 va 102- moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganda iqtisodiy sud qonunning 50-moddasida ko‘rsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda iqtisodiy sudi tomonidan joriy etilgan bankrotlik taomili davom ettiriladi. Ushbu davr mobaynida sud boshqaruvchisida o‘z vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
IPKning 102-moddasiga ko‘ra iqtisodiy sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turish huquqiga ega:
Iqtisodiy sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:

  1. iqtisodiy sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;

  2. ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmish tashkilot qayta tashkil qilinganda;

  3. ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;

  4. chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda.

Ish yuritish to‘xtatilishi bilan barcha tugamagan protsessual muddatlarning o‘tishi ish bo‘yicha ish yuritish tiklangunga qadar to‘xtatiladi. Bunda iqtisodiy sudi tomonidan ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilguniga qadar tugamagan protsessual muddatlargina to‘xtatiladi. Ish yuritishni to‘xtatishgacha o‘tgan vaqt ish ko‘rishning umumiy muddatini hisoblashda hisobga olinishi kerak.
Ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilingan, ish yuritish tiklanadi. Ish yuritish ishda qatnashuchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi. Ish yuritishni tiklash masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar chqirilmasdan va sud majlisi o‘tkazilmasdan sudyaning yakka o‘zi tomonidan hal etiladi.
Ish yuritish tiklanmasdan ish yuritishni tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish yuritishning tiklanishi sudya tomonidan ajrim bilan rasmiylashtiriladi, unda ish yuritish tiklanganligi, ishni ko‘rish tayinlanganligi va sud majlisi o‘tkaziladigan sana ko‘rsatiladi.
Sudning ish yuritishni tiklash haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaydi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling