Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet177/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Izoh: Oliy iqtisodiy sud raisi qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan va normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emasligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi. Bunday holatda sud tomonidan iqtisodiy ish to‘xtatib turiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy sudi tomonidan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi haqidagi murojaatlar ko‘rib chiqilganda ham, agar ushbu murojaat ishni iqtisodiy sudida ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lsa, ish yuritish to‘xtatilishi lozim.
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng birinchi yoki apellyatsiya instansiyasining hal qiluv qarorini, qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berilsa, shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish IPK 101-moddasi birinchi qismining 1-bandiga binoan to‘xtatib qo‘yiladi, ish esa IPKning 37-bobi tartibida ko‘rish uchun tegishli instansiyaga yuboriladi.

  1. javobgar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lgan da’vogar fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;

Izoh: Ishni ko‘rib chiqish paytida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lgan tadbirkor fuqaro protsess qatnashchisi bo‘lgan taqdirda, iqtisodiy sudi ish yuritishni to‘xtatib turadi. Bunda ish yuritishni to‘xtatib turish asoslari tadbirkor fuqaroning protsessual maqomiga qarab turli xil bo‘ladi. Agar tadbirkor fuqaro ishda javobgar sifatida qatnashayotgan bo‘lsa, o‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lishining o‘zi ish yuritishni to‘xtatib turishga etarlidir. Agar fuqaro tadbirkor da’vogar bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lsa, ish yuritishni to‘xtatib turish uchun uning iltimosnomasi bo‘lishi kerak.

  1. fuqaro vafot etganda agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling