Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet174/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining 2010-yil 18-iyundagi “Iqtisodiy sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 210-son qaroriga ko‘ra, soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog‘liq, shu jumladan soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llashga oid nizolar ma’muriy- huquqiy munosabatlardan kelib chiqqanligi sababli ular bo‘yicha kelishuv bitimlari tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Kelishuv bitimi ish bo'yicha faqat taraflar o'rtasida tuziladi, shuningdek, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ham tuzishlari mumkin, chunki ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalaniladi. Protsessning boshqa ishtirokchilari - prokuror, davlat organlari va boshqa organlar, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar kelishuv bitimi ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas.

  • Kelishuv bitimi sud majlisining har qanday bosqichida tuzilishi mumkin. (tayyorlov, sud muhokamasi, apellyatsiya va kassatsiya, ijro bosqichlari, bunda iqtisodiy ishini qo‘zg‘atish bosqichi istisno hisoblanadi).

  • Kelishuv bitimining shartlari nizo taraflarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, qonun talablariga zid bo‘lmasligi lozim.

  • Kelishuv bitimi faqat sud tomonidan tasdiqlangandan so‘ng huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Agar kelishuv bitimi sudga tasdiqlash uchun berilmagan bo‘lsa yoki uni tasdiqlash sud tomonidan rad qiligan bo‘lsa u oddiy shartnoma kuchiga ega bo‘ladi.

Taraflar sud muhokamasi davomida kelishuv bitimi tuzish istagini bildirgan holda, sud taraflarga ushbu sud majlisida kelishuv bitimi tuzishni taklif etishi yoki taraflar kelishuv bitimi shartlarini ishlab chiqishlari uchun ularga imkoniyat bergan holda, ishni ko‘rishni boshqa muddatga qoldirishga haqlidir.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida IPK normalarining talablariga muvofiq xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimining shakli va mazmuni, uni tuzish tartibiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilgan holda tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash sudning huquqi emas, balki majburiyati bo‘lib hisoblanadi.
Shartli tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling