Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet172/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 201-moddasi uchinchi qismiga muvofiq sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, bayonnomada bu haqdagi ma’lumot ko‘rsatilishi kerak.
Shu sababli, sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida IPKning 201-moddasida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi;
videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudning nomi;
ishni ko‘rayotgan va videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sudda hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
videokonferensaloqa rejimida sud majlisi o‘tkazishga ko‘maklashadigan sudning va ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi lozim.
Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan majlisning ertasi kunidan kechiktirmay yoki bevosita alohida protsessual harakat bajarilgandan so‘ng imzolanishi lozim. Uch kunlik muddat ichida imzolash kechikkan taqdirda bayonnomaga fikrlar taqdim qilish uchun yangi muddat u imzolangan kunning ertasidan boshlanadi. Sud majlisi bayonnomasiga u imzolanganidan uch kun o‘tmasdan berilgan fikrlar ishda ishtirok etgan shaxslar chaqirtirilmasdan sud majlisiga raislik qilgan sudya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sudya bayonnoma xususida berilgan fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bayonnoma yuzasidan berilgan fikrlar va sudyaning ajrimi ishga qo‘shib qo‘yilishi lozim. Muddat o‘tgandan keyin berilgan fikrlar sudya tomonidan ko‘rmasdan qaytariladi. O‘tkazib yuborilgan muddat IPKning 123-moddasida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi mumkin.
Bayonnoma hal qiluv qarori (ajrim) tuzilgan va sud majlisi olib borilgan tilda tuzilishi kerak.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling