Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hal qiluv qarorini e’lon qilish va uning qonuniy kuchga kirishi


Download 464.55 Kb.
bet190/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hal qiluv qarorini e’lon qilish va uning qonuniy kuchga kirishi.
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi e'lon qilinadi, bu qism sudya tomonidan imzolanishi va ishga qo'shib qo'yilishi kerak. Hal qiluv qarori besh kun ichida to'liq hajmda tuziladi va imzolanadi. Raislik qiluvchi hal qiluv qarorining xulosa qismi e'lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarorini to'liq hajmda tuzish va ularga yuborish muddatini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarorini qonuniy kuchga kirgan yoki kirmaganligini aniqlash muhim ahmiyatga ega, chunki u faqat qonuniy kuchga kirgandan keyingina barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi va ijroga qaratilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirishi: a) qaysi toifadagi ishlar bo'yicha sud tomonidan qabul qilinganligiga; b) apellatsiya shikoyati berilgan yoki berilmaganligiga qarab belgilanadi.
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo'lsa, u qabul qilingan kundan e'tiboran bir oylik muddat o'tgach, qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo'lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Sudning huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori, agar apelyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o'tgach, qonuniy kuchga kiradi.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori e'lon qilingan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmasdan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarorining ko'chirma nusxalarini topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjjat tarzida yuborilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling