Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror


Download 464.55 Kb.
bet198/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 242, 2451-moddalariga muvofiq iqtisodiy sudlar nizolarni hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda MJtK 175-moddasining uchinchi qismida, 1761, 180 va 181- moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
MJtK 175-moddasining uchinchi qismida, 1761-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar hisoblanadi. Bunday huquqbuzarliklar nizolarni ko‘rishda aniqlangan hollarda, iqtisodiy sud o‘z tashabbusi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga qabul qiladi va bu haiqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
MJtK 175-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, kassa operatsiyalarini yuritish va to‘lov intizomiga rioya etilishini, shu jumladan soliq organlarining inkasso topshiriqlari bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mansabdor shaxslari tortilishi mumkin. Bunday mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari, bosh hisobchisi yoki ustav, mehnat shartnomasi yoxud rahbarning farmoyishi bilan ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan boshqa mansabdor shaxslar kiradi. Ushbu huquqbuzarlik tarkibini, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarining o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘yish, korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari buzilishi, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatining buzilishi tashkil etishi mumkin.
MJtK 1761-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslari ham, tovarlar berish va xizmatlar ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ham tortilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo'lib, xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaslik holatining o‘zi emas, balki bunday bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) oqibatida mulkiy zarar etkazilishi hisoblanadi. Bunda nazarda tutish kerakki, paxta xomashyosini sotib olish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazish holatlari yuzasidan MJtKning 1761-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar MJtKning 2452-moddasiga muvofiq adliya organlari tomonidan MJtKning 282-moddasida belgilangan tartibda tuzilgan va iqtisodiy sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarga asosan iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.Ushbu moddaga ko‘ra bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
MJtK 175-moddasining uchinchi qismi va 1761-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda ushbu huquqbuzarliklar bilan boshqa shaxslarga zarar yetkazish holatlari aniqlangan hollarda sudlar MJtKning 38-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq aybdor tomonidan ushbu zararni qoplash masalasini ko‘rib chiqishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, iqtisodiy sud boshqa organlar va mansabdor shaxslar qatorida aybdor tomonidan zararni qoplash masalasini faqat ushbu zararning miqdori belgilangan eng kam ish haqidan oshmagan bo‘lsa, hal etishga haqli. Bunday holda aybdordan zararni undirish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi. Agar aniqlangan zarar qayd etilgan miqdordan oshsa, u MJtK 38- moddasining uchinchi qismiga muvofiq fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida qoplanadi, bu haqida iqtisodiy sud jabrlanuvchiga zarur tushuntirishlarni berishi mumkin.
MJtKning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklardir. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida, ko‘rsatilgan shaxslarning raislik qiluvchi farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda, shuningdek sudning xususiy ajrimi bo‘yicha choralar ko‘rmaslikda o‘z ifodasini topgan sudga hurmatsizlikning har bir holati, bevosita ta’sir qiluvchi hujjat shaklidagi sudning o‘z munosabatini bildirish predmeti bo‘lishi kerak. Bunda shaxs tomonidan MJtKning 180- moddasida nazarda tutilgan shakllarda sudga hurmatsizlik qilingan holda, ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud jarayoni bosqichida chiqariladi.
MJtKning 181-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka faqat sudning qonuniy kuchga kirgan xususiy ajrimi yuborilgan mansabdor shaxs, qachonki xususiy ajrim u tomonidan qabul qilinib, ko‘rmasdan qoldirilgan (ko‘rsatilgan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmagan) yoxud unga o‘z vaqtida javob berilmagan bo‘lsagina, tortilishi mumkin. Ushbu holatlar iqtisodiy ishi bo‘yicha ish yuritish yakunlangandan keyin yuzaga kelishi (sudga ma’lum bo‘lishi) mumkin. Bunday hollarda xususiy ajrimni chiqargan sudya (sudlov hay’ati) sud devonxonasining xususiy ajrimga qonunda belgilangan muddatda javob kelib tushmaganligi (o‘z vaqtida tushmaganligi) haqidagi ma’lumotnomasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ish yuritishga qabul qiladi va uni mazmunan ko‘radi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling