Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi


Download 464.55 Kb.
bet199/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi.
IPKning 200-moddasiga muvofiq ishni ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirikidan qat’i nazar, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, sud ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqadi. Bu masala iqtisodiy sud tomonidan MJtKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish MJtKning XIX, XXII, XXIII boblari, ma’muriy jazo qo‘llanilishi esa MJtKning IV bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Bunda sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi MJtKning 30- moddasi talablariga qat’iy rioya etishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan barcha huquqlar ta’minlanishi kerak.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bayonnomasi MJtKning 308-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha tuziladi. MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan sudga hurmatsizlik qilish shaklida namoyon bo‘lgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish ushbu qoidadan mustasno hisoblanadi. Bunday holda ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud protsessi bosqichida chiqariladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror MJtKning 309- moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha tuziladi.
MJtK 315-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinadi. Bundan kelib chiqib, iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham, bevosita ma’muriy javobgarlikka tortilgan jismoniy shaxs tomonidan ham shikoyat qilinishi mumkin. MJtK 315- moddasining to‘rtinchi qismi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etilishini belgilaydi.
MJtK 317-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda protest keltiriladi.
Mansabdor shaxslar yoki fuqarolarning harakatlarida MJtKga binoan ishni ko‘rish boshqa organlar (mansabdor shaxslar)ga yuklatilgan ma’muriy huquqbuzarlikning belgilari aniqlangan taqdirda iqtisodiy sud MJtKning 280- moddasiga muvofiq bunday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati berilgan shaxsga masalani qonunda belgilangan tartibda ko‘rish majburiyatini yuklash to‘g‘risida xususiy ajrim shaklidagi bilvosita ta’sir qiluvchi hujjatni chiqarishga haqli.
Iqtisodiy sudning ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarining ijrosi MJtKning V bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.
MJtKning 275-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiy sud ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror nusxasini u qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida tegishli prokurorga yuboradi.
Xususiy ajrimlar va ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlar shaklidagi sud hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat qilinishi qonunchilikni mustahkamlash va sud hokimiyati obro‘sini oshirishning ta’sirchan vositasi hisoblanadi. Bironta bunday sud hujjati ko‘rilmasdan va qonunda belgilangan tartibda bajarilmasdan qolishi mumkin emas.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling