Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sudning hal qiluv qarori bo'yicha chiqariladigan ajrimlar


Download 464.55 Kb.
bet195/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sudning hal qiluv qarori bo'yicha chiqariladigan ajrimlar. IPKning 190-moddasiga muvofiq hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risida yoki tushuntirishni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi.

Hal qiluv qarorinidagi yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob- kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risida yoki tuzatishni rad e'tish to'g'risida ajrim chiqariladi (IPKning 191-moddasi).

  1. Iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladigan, hakamlik sudning hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha chiqariladigan ajrimlarga iqtisodiy sudning hakamlik sud hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi (IPKning 227-moddasi), iqtisodiy sudning hakamlik sud hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi (IPKning 232-moddasi) kiradi.

Iqtisodiy sud mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Ammo ushbu ajrim IPKning 22-bobi “Sud ajrimi va qarori” qoidalariga muvofiq emas, balki IPKning 21-bobida “Sudning hal qiluv qarori” nazarda tutilgan qoidalarga binoan chiqariladi.

  1. Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko‘rish jarayonida chiqariladigan ajrimlar. Unga, xususan apellatsiya shikoyati (protest) ish yuritishga qabul qilish (IPKning 266,267-moddalari), apellatsiya shikoyati (protest) ish yuritishga qabul qilishni rad etish (IPKning 268-moddasi), apellatsiya shikoyati (protest) qaytarish (IPKning 269-moddasi), apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish (IPKning 273-moddasi), kassatsiya shikoyati (protestini) ish yuritishga qabul qilish (IPKning 290- moddasi), kassatsiya shikoyati (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish (IPKning 291-moddasi), kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish (IPKning 292-moddasi), kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish (IPKning 296-moddasi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi yoki uning o‘rinbosari nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish (IPKning 315-moddasi), Nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish (IPKning 316-moddasi) to‘g‘risida, Nazorat shikoyatidan voz kechish qabul qilinganligi va protest chaqirib olinganligi sababli nazorat ishi yuritishni tugatish (IPKning 320- moddasi), Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qaytarish (IPKning 331-moddasi), Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari (IPKning 333- moddasi) to‘g‘risidagi ajrimlar kiradi.


  2. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling