Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud hujjatlarining ijrosi yoki qaytarma ijrosi masalalari bo‘yicha ajrimlar


Download 464.55 Kb.
bet196/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud hujjatlarining ijrosi yoki qaytarma ijrosi masalalari bo‘yicha ajrimlar. Unga, jumladan, ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash (IPKning 340-moddasi), ijro varaqasining dublikatini berish (IPKning 341-moddasi), sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish (IPKning 342-moddasi), sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha (IPKning 344-moddasi) chiqarilgan ajrimlar kiradi.

  • Protsessual sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimlarga jarima solish haqidagi ajrimlarni kiritish mumkin (IPKning 69, 126-moddalari).

    IPKning 126-moddasiga muvofiq jarima solish masalasi iqtisodiy sudning majlisida hal etiladi. O‘zlariga nisbatan jarima solish masalasi ko‘rilayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
    Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi jarima solish masalasini ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
    Masalan, IPKning 69-moddasiga asosan dalilni saqlayotgan shaxs so‘ralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini iqtisodiy sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarmasa, bunday yuridik shaxsga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Iqtisodiy sud jarima solish masalasini ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning jarima solish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.

    1. Bankrotlik ishlari bo‘yicha qabul qilinadigan ajrimlar. Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlar iqtisodiy sud tomonidan IPKda nazarda tutilgan qoidalar muvofiq “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda chiqariladi.

    2. Chet davlat sudi yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlar jumlasiga Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqida (IPKning 253-moddasi); Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish

    to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish haqida (IPKning 254-moddasi); Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
    to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari haqida (IPKning 257-moddasi) ajrimlar kiradi.


    1. Download 464.55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   306




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling