Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslari


Download 464.55 Kb.
bet191/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslari
Hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sud quyidagi hollarda qo'shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:

  1. ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo'lsa;

  2. sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim bo'lgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo'lgan harakatlarni ko'rsatmagan bo'lsa;

  3. sud xarajatlari to'g'risidagi masala hal qilinmagan bo'lsa.

IPKning 189-moddasida ko'rsatilgan ushbu asoslar ro'yxati tugallangan bo'lib, uni kengaytirishga yo‘l qo'yilmaydi, ya'ni iqtisodiy sudlar faqat yuqorida qayd qilingan asoslar mavjud bo'lgan hollardagina qo'shimcha hal qiluv qarori qabul qilishlari mumkin.
Iqtisodiy sud yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguncha qo'yilishi mumkin.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi masalani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Qo'shimcha hal qiluv qarorida iqtisodiy sud uni qabul qilish asoslarini, xulosa qismida esa qo‘yilgan masalaning mohiyati bo‘yicha o‘z xulosasini bayon etishi hamda talab etilgan va ko‘rib chiqilgan, ammo iqtisodiy sud tomonidan hal etilmagan talab yuzasidan qaror qabul qilishi yoki undirilgan pul mablag‘lari miqdori haqida ko‘rsatishi yoxud sud xarajatlarini qoplash, undirish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Agar hal qiluv qarori yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va ayni paytda qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud avval qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish masalasini hal etadi, keyin esa ishni apellyatsiya instansiyasiga ko‘rish uchun yuboradi.
Iqtisodiy sud tomonidan qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda ajrim chiqariladi. Iqtisodiy sudning qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling