Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XIV BOB. IQTISODIY SUDNING HUJJATLARI


Download 464.55 Kb.
bet187/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XIV BOB. IQTISODIY SUDNING HUJJATLARI

  1. Iqtisodiy protsessda sud hujjatlari tushunchasi va turlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi kafolatlanganligi belgilangan.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida bo‘lib, mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so‘rab iqtisodiy sudga IPKda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Iqtisodiy sud iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, IPK va boshqa qonunlar bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
Odil sudlovni amalga oshirishda iqtisodiy sudning sudyalari mustaqil va faqat qonunga bo‘ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy sudning sudyalari har qanday manfaatdor shaxs murojaatlarini (da’vo arizasi, ariza, iltimosnoma va hokazo) qabul qilishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish va hal qilishgacha bo‘lgan jarayonda bir qator protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Ularning bunday harakatlari sud hokimiyati sifatida iqtisodiy sudning hujjatlarida o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Iqtisodiy sudlar: a) hal qiluv qarori; b) qaror; d) ajrim; e) sud buyrug‘i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
Birinchi instansiya iqtisodiy sudlari sud buyrug‘i, hal qiluv qarori va ajrim qabul qiladi.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari qaror va ajrim qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosati qaror qabul qiladi.
Keyingi paragraflarda iqtisodiy sudlar tomonidan qabul qilinadigan sud hujjatlariga batafsil to‘xtalamiz.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling