Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud xabarnomalari va chaqiruvlari


Download 464.55 Kb.
bet162/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

Protsessning barcha qatnashchilarini xabardor qilish tayyorgarlik bosqichining muhim protsessual harakatlaridan biri hisoblanadi. Protsessning boshqa ishtirokchilari sudning ajrimi bilan, zarur hollarda chaqiruv qog‘ozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va chaqiriladi. Xabar berish, chaqirish qaysi shaklda amalga oshirilganligidan qat’iy nazar, uni oluvchiga u qaysi ish bo‘yicha, kim (javobgar, uchinchi shaxs, guvoh, ekspert) sifatida chaqirilayotganligi, qaysi manzilga, qaysi vaqtda etib kelishi lozimligi, kelmaslik oqibatlari, kelganda taqdim yetilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilishi kerak.
Sudga chaqiruv xatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
o sudning nomi va aniq manzili;
o kelish joyi va vaqti;
o shaxs qanday ish yuzasidan chaqirilayotganligi;
o shaxsning kim tariqasida chaqirilayotganligi;
o ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ish bo‘yicha ularda bo‘lgan hamma dalillarni taqdim etish to‘g‘risidagi taklif;
o chaqiriluvchining o‘zi bulmaganligi sababli chaqiruv xatini olgan shaxsning uni chaqiriluvchiga topshirish majburiyati;
o sudga kelmaslik oqibatlari ko‘rsatiladi.
Sudning chaqiruv xatini chaqirilgan shaxs olishdan bosh tortsa, chaqiruv xatini olib kelgan shaxs bu to‘g‘rida chaqiruv xatiga yozib uni sudga topshiradi. Chaqiruv xatini olishdan bosh tortish ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Izoh: Iqtisodiy sud odil sudlovga ko‘maklashadigan shaxslarni: ekspert, mutaxassis, guvoh, tarjimonni sud majlisiga chaqiradi. Qayd etilgan shaxslarning iqtisodiy sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi majburiy hisoblanadi (IPKning 53-60-moddalari).
Agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini olganligi yoki ushbu kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi to‘g‘risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa;
ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa.
Agar javobgarning haqiqiy turar joyi noma’lum bo‘lgan taqdirda esa javobgarning ma’lum bo‘lgan oxirgi turar joydagi pochta bo‘limi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari yoki uning oxirgi ish joyidagi ish beruvchining mansabdor shaxsiga topshiriladi va bu haqida chaqiruv xatining ikkinchi nusxasiga imzo qo‘ydirib olinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va vakillarning ishning ko‘rilishi vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinmasliklari keyinchalik ishning apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilayotganda bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling