Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet163/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashning maqsadi va vazifalarini tushuntiring.

  2. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar doirasini aniqlang.

  3. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar doirasini aniqlang.

  4. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim va uni rasmiylashtirishning protsessual tartibini tushuntiring.

KAZUSLAR
1-kazus
Iqtisodiy sudga “Sunbul” aksiyadorlik jamiyati da’vo arizasi bilan murojaat qilib, da’vo talablarini asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Shuningdek, da’vogar talabnoma bilan asl hujjatlar javobgar “Ta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ekanligini ham bayon qilgan.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida qanday protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim?
2-kazus
“CHAROS” mas’uliyati cheklangan jamiyati iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “XMK” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 12.900.880 so‘m zarar va 3.400.000 so‘m o‘zganing pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizl undirishni so‘ragan.
Sudning 2013-yil 14-noyabrdagi ajrimi bilan sud da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilib, iqtisodiy ishni qo‘zg‘atgan va ishni sudda ko‘rish jarayonida dastlabki sud majlisini o‘tkazish maqsadida dastlabki sud majlisi 2013-yil 28 noyabrga tayinlangan.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida o‘tkaziladigan sud majlisiga javobgarga ish yuzasidan yozma fikr-mulohazalarini va tegishli hujjatlarni taqdim etish majburiyatini yuklagan.
Iqtisodiy sud ushbu ajrimni 2013-yil 17-noyabrda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborgan.
Ishni dastlabki sud majlisida ko‘rish kuniga qadar da’vogar tomonidan iltimosnoma taqdim etilib, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishni so‘ragan. 2013-yil 28 noyabrdagi sud majlisida iqtisodiy sud ishni mazmunan ko‘rib chiqib, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Sud tomonidan qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan?
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida ishni mazmunan ko‘rish mumkinmi?
XIII BOB. ISHNI SUDDA KO‘RISH
1. Iqtisodiy sudning sud majlisi
Iqtisodiy ishlarni sud majlisida ko'rish va hal etish - iqtisodiy protsessning asosiy, markaziy qismi hisoblanadi. Aynan mana shu bosqichda iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning asosiy - korxona, muassasas, tashkilot va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
IPKning 165-moddasiga asosan ish muhokamasi iqtisodiy sudining majlisida bo‘lib o‘tadi va qayd etilgan vazifalar iqtisodiy protsessual huquqining barcha tamoyillariga asosan amalga oshiriladi. Iqtisodiy sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling