Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet145/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: shartnoma tuzishga majbur etganlik to‘g‘risidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
“T” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o'rinlarda - da'vogar) iqtisodiy sudga da'vo bilan murojaat qilib, “M” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 16.470.000 so‘m qarzdorlikni undirish va shartnoma tuzish majburiyatini yuklashni so‘ragan.
Aniqlanishicha, da’vo arizasiga da’vogar oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilmagan.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksirnnrni 377-moddasi birinchi, uchinchi qismlariga asosan ushbu kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak. Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli. Ushbu kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.
Yuqoridagilarga asosan da’vogarning da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar sudya tomonidan qaytarilgan.
Da’vo arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. Ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi, bunda nizoni ko‘rib chiqishi va hal etishi lozim bo‘lgan iqtisodiy sudning nomini ko‘rsatishda sudlovga tegishlilik qoidalari inobatga olinishi lozim.

  2. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi. Agar taraflar yuridik shaxs bo‘lsa, u holda da’vo arizasida ularning to‘liq nomlanishi: tashkiliy- huquqiy shakli, nomlanishi va ularning pochta manzillari ko‘rsatiladi, agar ishda ishtirok etayotgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar bo‘lsa, ularda da’vo arizasida ularning familiyasi, ismi va otasining ismi va pochta manzili yoki yashash joyi ko‘rsatiladi.

  3. Agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi. Da’vo bahosi da’vogar da’vo arizasida ko‘rsatgan qiymatga qarab hisoblanadi. Agar da’vogar da’vo bahosini noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa, yu u holda da’vo bahosi da’voni qabul qilib olish paytida (agar o‘sha vaqtda buning uchun asoslar mavjud bo‘lsa) yoki ishni sudda ko‘rish paytida iqtisodiy sud tomonidan aniqlanadi.

  4. Da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar. Bu shunday holatlarki, ularni qonun yoki shartnoma, taraflarning huquq va majburiyatlarining kelib chiqishi, o‘zgarishi, bekor bo‘lishiga bog‘liqligini inobatga olish lozim. Da’vo arizasida da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar aniq bayon etilishi lozim.

  5. Da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar. Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa shaxslarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar ko‘rilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi. Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.

  6. Undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi. Pul mablag‘ini undirish yoki undirilganligi bilan bog‘liq holda vujudga keladigan nizo yuzasidan da’vo taqdim etishda da’vogar undirilayotgan yoki nizolashilayotgan pulning hisob-kitobini taqdim etish majburiyatini yuklaydi.

  7. Da’vogarning qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari, da’vo bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar. Da’vogarning talablari, uning aniq huquqiy normalardan kelib chiqqan sub’ektiv huquqlarining buzilishi bilan bog‘liqligi sababli, u da’vo arizasida o‘zining talabalari kelib chiqadigan qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslanishi lozim. Agar da’vogar tomonidan talablar bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, da’vo arizasida ularning har biriga qo‘yilgan talablar aniq va tushunarli bayon etilishi lozim.

  8. Da’vo arizasida nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa.

  9. ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Da’vo arizasida agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar ham, shuningdek da’vogarda mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
Da’vogar da’vo taqdim etganda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan, bu shaxslarda bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuborishi shart.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling