Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet137/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: Uning mohiyati shundaki, sudlar ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishni faqat bir marotaba ko‘rib chiqadi.

  1. iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;

Izoh: Qonunning ushbu ko‘rsatmasi sudlar o‘rtasida nizolarni ko‘rib chiqishda takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek nizoni bir-biriga qarama-qarshi sud hujjatlarini qabul qilinishiga olib kelmaslik, boshqacha qilib aytganda nizoni hal qilishda bir xil yondashuv bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

  1. ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

Izoh: IPK 15510-moddasiga asosan Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, iqtisodiy sud qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin. Iqtisodiy sud hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlarni va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

  1. ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.

Izoh: Hakamlik muhokamasi «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha boshqa sudga nizoni hal etishni so’rab murojaat qilib bo’lmaydi. Faqatgina hakamlik sudi o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni ko‘rib chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi to‘g‘risida ajrim chiqarsa, tugatilgan hakamlik muhokamasiga doir nizo tugatilgan hakamlik muhokamasi taraflaridan biri tomonidan vakolatli sudga topshirilishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling