Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Javobgarga muayyan harakatlar qilishga majburlash yoki muayyan harakatlar qilishni taqiqlashga qaratilgan da’volar


Download 464.55 Kb.
bet135/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Javobgarga muayyan harakatlar qilishga majburlash yoki muayyan harakatlar qilishni taqiqlashga qaratilgan da’volar iqtisodiy protsessda sudning javobgar o‘z majburiyatlarini majburiy tartibda bajarishga qaratilgan da’volarga aytiladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘z huquqlari va majburiyatlarini bilishlari, aks holda huquqni tiklashga qaratilgan huquqiy manfaat yuzaga keladi.
Huquqni tan olish bilan mazkur shaxsda huquq mavjudligi yuzasida vujudga keladigan gumonlar bartaraf etiladi. Mazkur shaxsda ushbu sub’ektiv huquqning mavjudligi yoki yo‘qligini yurisdiksiya organi sifatida faqat sud tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Fuqarolik huquqlarini tan olishning usullaridan biri sifatida huquqni tan olish shaxsda subyektiv huquq mavjudligi biron kimsa tomonidan inkor qilinsa, natijada nizo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi.
Buzilgan yoki da’vo qilinayotgan huquqni tan olish to‘g‘risidagi talab ko‘pincha boshqa talablarni majburiy bajarish uchun asos bo‘ladi.
Tan olishga qaratilgan da’volar deganda, iqtisodiy sudning huquqiy munosabatning mavjudligi yoki yo‘qligini tasdiqlashga qaratilgan da’volar tushuniladi.
Huquqiy munosabatni o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan da’volar shartnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda qo‘llaniladi. Tomonlarning kelishuvi, majburiyatlarning bajarilishi va boshqa qonuniy yo‘llar bilan huquqiy munosabatlarning bekor bo‘lishi yoki o‘zgartirilishi huquqni himoya qilish vositasi sifatida qaralishi mumkin emas. Huquqiy munosabatlarni to‘xtatish yoki o‘zgartirish himoya vositasi sifatida agarda tomonlardan birining bir tomonlama arizasi mavjud bo‘lsa, boshqa tomon shartnomani jiddiy ravishda buzganda yoki qonunchilik yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslardan huquqiy munosabatlar bekor bo‘lganda yoki o‘zgartirilganda qo‘llniladi.
Huquqiy munosabatni o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan da’vo predmeti biror-bir huquqiy munosabatni o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan talab hisoblanadi. Mazkur turdagi da’volar yuzasidan chiqarilgan sudning hal qiluv qarori javobgarga muayyan harakatlarni qilishga majburlamaydi yoki muayyan harakatlar qilishni taqiqlamaydi.
Protsessual qonunchilikka ko‘ra, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bo‘lish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlar ham taalluqlidir.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda iqtisodiyot sohasida fuqarolar tashkilotlarning subyektiv huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish belgilangan. Asosan buzilgan va nizolashilayotgan huquqlar da’voli tartibda ish yurituv orqali himoya qilinadi. Lekin ayrim holatlarda ba’zi huquqlar hech kim tomonidan buzilmaydi va nizolashilmaydi, ular faqat ayrim holatlarga ko‘ra aniqlanmagan bo‘lganligi sababli sud tomonidan himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu holatda manfaatdor shaxslarda u yoki bu yuridik faktni iqtisodiy sud ishlarini yuritish tartibida belgilanishiga zaruriyat sezadi. Ya’ni fuqaro yoki tashkilotlarning huquqiy maqomi, uning mulki va boshqa holatlari aniqlanadi, chunki ular ma’lum bir huquqiy oqibatlar bilan aloqadordir. Shuning uchun ham mazkur toifadagi ishlarda huquq to‘g‘risidagi nizo bo‘lmaganligi sababli qonunchilik ularga nisbatan alohida tartibda ish yuritish qoidalarini o‘rnatgan.
Mazkur turdagi ish yurituv quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. huquq to‘g‘risidagi nizoning mavjud emasligi (bunda bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan moddiy-huquqiy talabi mavjud bo‘lmaydi);

  2. o‘rtasida nizo kelib chiquvchi taraflarning mavjud emasligi, ya’ni da’vogar va javobgar mavjud bo‘lmay, arizachi ishtirok etadi.

Iqtisodiy sudlar tomonidan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar da’vo tartibida emas, balki alohida ish yurituvi asosida amalga oshiriladi. Qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling