Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet131/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati nazarda tutilmaganligi sababli u sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirilmasdan, sudda muhokama qilinmasdan, qarzdor va undiruvchi chaqirtirilmasdan hamda ularning tushuntirishlari eshitilmasdan ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi. Ajrimda kreditorning sudga umumiy tartibda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Agar ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lib, muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berilmagan bo‘lsa, bu holat uni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Agar ariza IPKning 147-moddasida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan holda berilgan bo‘lsa va muddatning o‘tkazilishi sabablari iltimosnoma asosida uzrli deb topilsa, sudya muddatni tiklab, sud buyrug‘ini bekor qilishga haqli.
IPKda o‘tkazilgan muddatni tiklashning uzrli sabablari ro‘yxati nazarda tutilmaganligi bois sudlar muddatni tiklash masalasini hal etishda iltimosnomada keltirilgan sabablarni o‘rganib, ularga o‘z ichki ishonchlari asosida baho berishlari lozim.
Agar o‘n kunlik muddatning o‘tkazib yuborilganligi uzrsiz deb topilsa, buyruqni bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Sud buyrug‘i bilan sud hal qiluv qarorini tahlil eting. Javobingizni qonun hujjatlari bilan asoslantiring.

  2. Iqtisodiy protsessdagi buyruq tartibida ish yuritish bilan fuqarolik protsessidagi buyruq tartibida ish yuritishni tahlil eting?

  3. Iqtisodiy protsessida buyruq tartibida ish yuritishning boshqa iqtisodiy sud ishlarini yuritish turlaridan farqli jihatlarini tahlil qiling.

  4. Sud buyrug‘ini berish asoslarini misollar asosida tahlil qiling.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling