Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Sud buyrug‘ini berish uchun, eng avvalo, ariza asos bo‘ladi


Download 464.55 Kb.
bet127/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Sud buyrug‘ini berish uchun, eng avvalo, ariza asos bo‘ladi. Ariza iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi. Ariza axborot tizimi orqali elektron shaklda berilganda arizani yozma shaklda berish haqidagi talabga rioya etilgan hisoblanadi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  1. ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;

  2. kreditorning, qarzdorning nomi va ularning manzillari;

  3. kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;

  4. talabga asos bo‘lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;

  5. undiriladigan summaning hisob-kitobi, lizing obyekti talab qilib olingan taqdirda esa lizing shartnomasida belgilangan, to‘lanmagan to‘lovlarning lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugaguniga qadar qolgan davrdagi daromadini chegirib tashlagan holdagi summaning hisob-kitobi;

  6. ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.

Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza sudlovga taalluqlilik va tegishlilikning umumiy qoidalariga amal qilgan holda beriladi.
Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni XPK 104-moddasining ikkinchi qismi talablariga mos kelishi lozim, aks holda XPK 107-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan arizani qabul qilish rad etiladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga kreditorning talabini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2013 yil 5 dekabrdagi 254-son qarorida tushuntirishlar berib o'tilgan.
Kreditor sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishi shart ekanligi muhim masalalardan hisoblanadi. Shu o'rinda qarzdor - yuridik shaxsga sud buyrug'ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi topshirilganligining dalili bo‘lib, uning rahbari yoki xodimining muhr (shtamp) bilan tasdiqlangan imzosi, qarzdor - fuqaroga esa, uning shaxsiy imzosi hisoblanadi. Bu o‘rinda fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Ushbu tartibga rioya qilinmagan taqdirda, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish IPK 141-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan rad etiladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat qilinganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi. Shuningdek, Soliq kodeksining 330-moddasiga asosan iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ham davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling