Kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar turlari: (Uy-joy kodeksining 133-moddasiga asosan)
sovuq va issiq suv ta'minoti uchun
|
suvni chiqarib yuborish
(kanalizatsiya) uchun
|
elektr ta'minoti uchun
|
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar uchun
|
isitish (issiqlik ta'minoti) uchun
|
gaz ta'minoti uchun
|
IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan berilgan sud buyrug'ini berish to‘g‘risidagi arizada debitorlik qarzini qarzdorning mol-mulkidan undirish to‘g‘risida talab qo‘yilishi mumkin emas. Bunday talab bildirilganda, arizani qabul qilish IPK 140-moddasiga asosan rad etiladi. Chunki hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab bo‘lsagina sud buyrug‘i beriladi. IPK 135-moddasiga asosan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab qo‘yilganda qarzdorlik qarzdor tomonidan hujjatlar asosida tan olingan bo‘lishi lozim.
IPK 135-moddasining 5-bandiga asosan berilgan arizada faqat lizingga berilgan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida talab qo‘yilishi mumkin. Agar arizada lizingga berilgan mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi talabdan tashqari lizing to‘lovlarini undirish to‘g‘risidagi talab ham bildirilgan bo‘lsa, arizani qabul qilish IPK 140-moddasiga asosan rad etiladi. Lizing beruvchi tomonidan o‘z mol-mulkini talab qilib olish haqida talab qo‘yilganda lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi bo‘yicha qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |