Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy ishlari bo‘yicha sud buyrug‘i berish boyicha talablar


Download 464.55 Kb.
bet125/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy ishlari bo‘yicha sud buyrug‘i berish boyicha talablar

IPKning 135-moddasiga ko‘ra, sud buyrug‘i sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi:

  1. soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol- mulkiga qaratish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lsa;

  2. kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qo‘yilsa;

  3. hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to‘g‘risida talab qo‘yilsa;

  4. talab to‘lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo‘yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo‘lsa;

  5. lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchidan o‘z mol-mulkini talab qilib olish to‘g‘risida talab qo‘yilsa.

Iqtisodiy protsessida sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 2013- yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarorida berilgan tushuntirishlar muhim o‘rin tutadi. Mazkur Plenum qarorining 2-bandida tushuntirish berilishicha, IPKning 135-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘i berish bo'yicha talablarning ro'yxati tugal hisoblanadi va u kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Yuqoridagi asoslarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • agar sud buyrug'ini berish to‘g‘risidagi arizada talab IPK 135- moddasining 1-bandiga asosan qo‘yilgan bo‘lsa, soliq qarzining miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lmasligi, shuningdek talabda qarzni undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish so‘ralgan bo‘lishi lozim. Bunda qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.

  • kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to'lovlari bo'yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qo‘yilganda ham qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.


Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling