Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet121/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: guvohning ko‘rsatuvlari IPKning 88-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud guvohni sud majlisida ko‘rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimos qiluvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga ma’lum qilishi shart.
Guvoh ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlarni sudga og‘zaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib bera olmasa, u xabar qilgan ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
Biroq soliq tekshiruvi davrida guvohlarning ko‘rsatmalari soliq tekshiruvi yuzasidan dalil bo‘lib hisoblanadi va ularga sud boshqa dalillar bilan birgalikda baho berishi lozim bo‘ladi. Ushbu shaxslarning sud majlisiga chaqirtirilishi esa ularning ko‘rsatmalari iqtisodiy suddagi guvohning ko‘rsatmalari sifatida tilxat olingan holda baho beriladi.
Izoh: iqtisodiy protsessual qonunchiligida guvohlarning guvohlik bergunlariga qadar sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishiga oid qoidalar Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksida belgilanganidek, nazarda tutilmagan. Ushbu holatda qonun analogiyasini qo‘llagan holda sud guvohlarning kelganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqariladi. Raislik qiluvchi so‘roq qilingan guvohlar so‘roq qilinmagan guvohlar bilan muomalada bo‘lmasligi uchun choralar ko‘radi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biri guvoh tegishli ma’lumotlarga ega emasligi haqidagi vajlari tegishli dalilar bilan o‘z isbotini topgan bo‘lishi lozim.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan o‘zlariga ma’lum holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim.
Tushuntirishlar taraflar va uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek sud tomonidan obyektiv haqiqatni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Lekin bunday tushuntirishlarning hammasi dalil bo‘la olmaydi. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar haqidagi faktik ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlarigina dalil bo‘lishi mumkin. Mazkur tushuntirishlar sud tomonidan dalillarni baholash haqidagi umumiy qoidalarga asoslanib tekshiriladi va baholanadi. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlarining haqiqiyligini tekshirishda sud bu bayonotlarni boshqa holatlar bilan tasdiqlanishini aniqlashi kerak.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganligiga sudda shubha tug‘ilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
Javobgar tomonidan da’vo tan olingan bo‘lsa, qarorda bunga sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlari inobatga olinib, baho berilishi kerak.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling