Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet120/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Izoh: IPKning 56-modda uchinchi qismiga ko‘ra ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi.
Shu munosabat bilan ekspert jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi va bu haqida sudning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimida ko‘rsatiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra ekspert xulosasi tushunarli bo‘lmagan holda o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar, o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi uchun ekspertni sud majlisiga chaqirishga haqli.
Bila turib noto‘g‘ri tushuntirishlar berganlik, qo‘shimcha savollarga javoblarni berishni rad etganlik yoki berishdan bo‘yin tovlaganlik uchun ham ekspert jinoiy javobgar bo‘ladi. Shu bois sud bunday hollarda ham ekspertni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirib, undan yozma tilxat oladi.
IPKning 74-moddasi to’rtinchi qismiga muvofiq hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Sud eksperti xulosasi sud tomonidan boshqa dalillar bilan bir qatorda har tomonlama to‘liq va xolis tekshirishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baholanadi.
Ekspert xulosasini baholashda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari)ning malakasi, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligi, tadqiqotda qo‘llanilgan usullarning ishonchliligi, sud tomonidan qo‘yilgan savollarga berilgan javoblarning asoslantirilganligi hisobga olinishi lozim.
Ekspertning xulosasi noaniq bo‘lgan, shuningdek u taxminlarga asoslangan taqdirda xulosa sud tomonidan dalil sifatida baholanishi mumkin emas. Bunday holda sud hal qiluv qarori (qaror, ajrim)da xulosani dalil sifatida qabul qilmaganligi sabablarini asoslab berishi shart.
Ilgari ko‘rilgan boshqa ish bo‘yicha berilgan ekspertiza xulosasi ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha ekspertiza xulosasi sifatida tan olinmaydi. Lekin ekspertiza xulosasi ko‘rilayotgan ishga bevosita aloqador bo‘lsa, u boshqa dalillar bilan bir qatorda dalil sifatida baholanadi.
IPKning 117-moddasi mazmuniga ko‘ra ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.
Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi.
Guvohlar, tarjimonlar, mutaxassislar va ekspertlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to'lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan IPKning 118- moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag'iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi.
To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisiga ko‘ra ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos bo‘ladi. Shu bois ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi sababli tegishli materiallar ekspertiza o‘tkazilmasdan sudga qaytarilgan taqdirda sud ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning to‘langanlik yoki to‘lanmaganlik holatini tekshirishi lozim. Bunday xarajatlar to‘lanmagan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ularni to‘lashga imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo ishdagi mavjud dalillar asosida ko‘rib chiqiladi.
IPKning 57-moddasi mazmuniga ko'ra mutaxassis - maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam ko‘rsatish yo‘li bilan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ko‘maklashish maqsadida
fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega bo‘lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo‘lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan jalb qilinishi mumkin bo‘lgan shaxs (mutaxassis) tushuniladi.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqariladi. Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiy hisoblanadi.
IPKning 58-moddasiga asosan mutaxassisning huquq va majburiyatlari quyidagicha keltirib o‘tilgan:
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining e’tiborini o‘zining dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda ko‘maklashish chog‘idagi harakatlari bilan bog‘liq holatlarga qaratish; o‘zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining to‘liqligi va to‘g‘riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlar va fikrlarni bildirishi; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar o‘rni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, malaka va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo'yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan IPKning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Iqtisodiy sud nizoni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari guvohning ko‘rsatmalaridan farqli ravishda ular mustaqil manfaatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham taraflar va uchinchi shaxslar yolg‘on tushuntirish berganlik yoki tushuntirish berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirilmaydilar.
Ish natijasidan yuridik jihatdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar ushbu protsessda guvoh sifatida emas, balki da’vogar, javobgar yoki uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishi mumkin, chunki nizo ularning moddiy huquqlariga ta’sir qiladi.
Guvoh yuridik manfaatdorligidan tashqari boshqa manfaatdorligi yoki uning ishda ishtirok etuvchi taraflardan biri yoki har ikkisi bilan yaqin munosabatda ekanligi fuqaroni guvoh tariqasida so‘roq qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Guvohlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan ham chaqirtirilishi mumkin. Sudning tashabbusi bilan guvohlar quyidagi holatda chaqirtiriladilar:
yozma dalil hisoblangan hujjatni tuzishda ishtirok shaxs sifatida
ashyoviy dalil hisoblangan, predmetni yaratish yoki o‘zgartirishda ishtirok etgan shaxs sifatida.
Boshqa holatlarda guvoh faqat ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga asosan jalb qilinishi mumkin. Bu haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs ish uchun qaysi ahamiyatli holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligi, uning ismi sharifi va turar joyini sudga ko‘rsatib berishi lozim. Ushbu holatda guvoh ishni sudda ko‘rish jarayonida manzilining o‘zgarganligi haqida iqtisodiy sudni xabardor etishga majbur emas, chunki Iqtisodiy protsessual kodeks bo‘yicha ushbu talab faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Guvoh og‘zaki ko‘rsatma beradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob beradi. Guvohlaring ko‘rsatmalari sud majlisi bayonnomasiga qayd etiladi.
Bayonnoma sud majlisi vaqtida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda sud majlisining kotibi tomonidan IPKning 201-moddasi qoidalariga rioya etgan holda tuziladi.
Sud majlisi bayonnomasidagi yozuvlar sud majlisi boshlangan vaqtdan to hal qiluv qaror qabul qilinguniga qadar protsessual harakatlar qanday ketma- ketlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, shu yo‘sinda bayon qilinishi lozim. Guvohlarning ko‘rsatmalari va ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va agar sud buni zarur deb topsa, ular tomonidan imzolanishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling