Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ichki ishonch bo‘yicha dalillarga baho berish deganda


Download 464.55 Kb.
bet116/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ichki ishonch bo‘yicha dalillarga baho berish deganda dalillar bo‘lib hisoblangan faktlarni haqiqiyligi va ish holatlarini haqiqatdan ham ularni mavjudligini tasdiqlab berish uchun foydalanadigan dalillarni sudyalarning o‘zlari hal qilishidir.
Sud majlisida tekshirilgan ma’lumotlardan qaysi birlari shubhali, qaysi faktik ma’lumotlar yordamida va qaysi holatlarni aniqlanganligi masalasini sudyalar o‘zlarining ichki ishonchi asosida hal qiladilar. Sudning ichki ishonchi sud majlisida har tomonlama tekshirilgan dalillar yig‘indimi bo‘yicha qonuniy xulosalardan iborat bo‘lib, obyektiv haqiqatni ifodalashi kerak.
Ichki ishonch - sudyalarning taassuroti yoki qandaydir hisobot bermaydigan fikr emas, balki sudning ish holatlari bo‘yicha dalillarga asoslanganligi, uning to‘g‘riligi yuqori turuvchi sud instansiyalari tomonidan tekshirilishi mumkin.
Sud dalillar bo‘lib hisoblanadigan faktlarni haqiqiyligini ular sudga taqdim qilinganligi va ishni ko‘rib hal qilishda mavjud bo‘lganligi uchun uni majlisda tekshiradi. Sud bunday tekshirishni har bir dalilni so‘roq qilish yo‘li bilan, ya’ni guvohlarni so‘roq qilish, ekspertiza yordamida qo‘shimcha hujjatlarni tekshirish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqa protsessual harakatlar orqali amalga oshiradi.
Dalillarga baho berish uchun sudyaning huquqiy ongi, ularning huquqiy qarashlari, sud ishlarini yuritish qoidalarini va odil sudlov vazifalarini ma’nosini tushunishligi muhim ahamiyatga ega. Dalillarni tekshirish va ish uchun ahamiyatli faktlarni belgilash borasida sudyalar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda moddiy va protsessual huquq normalariga asoslanadi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan dalillarning yig’indisi esa yetarliligi nuqtayi nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalillarning haqiqatga to’g’ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Sudya dalil sifatida taqdim qilingan dalillarni noto‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilsa, sudya dalilni qabul qilishni rad qilishi mumkin. Sudning dalillarga baho berganligi hal qiluv qarorida o‘z ifodasini topadi. Unda ish holatlari bo‘yicha sudning xulosalariga asos qilib olingan dalillar yoki dalillarni rad etganligi to‘g‘risidagi sudning keltirgan asoslari ham ko‘rsatilishi kerak.
IPKning 74-moddasi beshinchi qismiga muvofiq sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan va sudga topshirilmagan bo‘lsa, ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma nusxalari o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling