Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish


Download 464.55 Kb.
bet218/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
Iqtisodiy sud tomonidan kuzatuvni, sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish haqida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorlar, mazkur hujjatlarni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilinadi. Mazkur hujjatlarni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlarining qarorlari qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar ham rasmiy nashrda e’lon qilinishi lozim.
Rasmiy nashrning tiraji, davriyligi va shunday ma’lumotlarni e’lon qilish muddati, ko‘rsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibi hamda bunday xizmatlarning narxlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va istalgan manfaatdor shaxsning mazkur ma’lumotlardan erkin foydalana olishi uchun monelik qilmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlarni e’lon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2009-yil 11-iyundagi 160-son qarorida yuqorida nazarda tutilgan ma’lumotlarni matbuotda chop etilishi lozim bo‘lgan rasmiy nashr sifatida “Birja” va “Soliq info” gazetalari belgilangan.
Sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron ommaviy axborot vositalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli sud hujjati olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida rasmiy nashr manziliga yuboradi. Xabarlarni e’lon qilish uchun jo‘natish majburiyati sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi)ga yuklanadi. YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs bankrotlik holatida unga sud boshqaruvchisi tayinlanmasligi tufayli YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘zi uni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror haqidagi xabarlarni e’lon qilishi lozim bo‘ladi.
E’lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish bu ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran yetti kun ichida amalga oshiriladi.
Umumiy qoida bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilish qarzdorning pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Kreditorlar yig‘ilishining (qo‘mitaning) qarori bilan sud hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning nashri amalga oshiriladigan manbalar ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, kreditorlar yig‘ilishi (qo‘mitasi) nashr etishni kreditorlardan biri hisobidan amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Agar qarzdorda pul mablag‘lari bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni e’lon qilish haqini to‘lashni sud boshqaruvchisi amalga oshiradi, bu mablag‘lar keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Agar sud boshqaruvchisi o‘z hisobidan ma’lumotlarni e’lon qilish uchun xarajat qilgan bo‘lsa, u qarzdordan bu xarajatlarni qoplashni talab qilishi mumkin. Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol- mulk bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan kreditor hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling