Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki


Download 464.55 Kb.
bet47/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki

Iqtisodiy protsessda ommaviy-huquqiy manfaatlarni himoya qilishning shakllaridan yana biri qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslarning iqtisodiy ishlarda ishtirok etishi hisoblanadi.
Davlat idoralari, muassasalari, korxonalari hamda jamoat tashkilotlari qonunda ko'rsatilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da'vo taqdim etishlari mumkin. Da'vo taqdim etgan mazkur organlar da'vogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Ushbu organlarning taqdim etilgan da'volardan voz kechishi da'vogarni nizoni mazmunan ko'rishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Davlat organi yoki boshqa shaxs tomonidan da'vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qo'zg'atilgan da'vodan da'vogarning voz kechishi arizani ko'rmasdan qoldirishga olib keladi.
Davlat organlari va boshqa shaxslarning iqtisodiy sudlarda ishtiroki fuqarolik protsessidagi boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishiga o'xshab ketadi. Ularning farqi shundaki, davlat va jamiyat manfaatlarini qonunda ko'rsatilgan hollardagina himoya qilish maqsadida da'vo taqdim qilish yo'li bilan sudga murojaat etish nazarda tutilgan. Demak, sudda ishtirok etuvchi bu organlar ish yuzasidan faqat xulosa berish uchun qatnashmaydilar, ular ish bo'yicha manfaatdor bo'lmasalar ham boshqa shaxslarning huquqlarini qonunda nazarda tutilgan hollardagina himoya qilish maqsadida ishtirok etadilar.
Fuqarolik protsessida davlat boshqaruvi idoralari, qonunda ko'rsatilgan hollarda o'zlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida xulosa berish uchun hamda fuqarolarning huquqlarini va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudning taklifiga muvofiq protsessda ishtirok etishga jalb etilishligi yoki o‘z tashabbuslari bilan protsessda qatnashishlari mumkinligi belgilangan.
Davlat organlari va boshqa idoralarning iqtisodiy ishlarni ko'rishda ishtirokining protsessual huquqiy holati prokurorning protsessda ishtirokiga o'xshab ketadi. Bu idoralar davlat va jamiyatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida nizoli ishni hal etish haqida talabnoma tartibiga rioya qilmasdan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Davlat organlari va boshqa shaxslarning ish qo'zg'atishga bo'lgan huquqi ikkita holat bilan asoslanadi:

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling