Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet66/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-moddasi to‘rtinchi qismiga asosan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda qarorning nusxasi tilxat olish orqali yoki soliq to‘lovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to‘lovchiga topshiriladi. Agar soliq to‘lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni bo‘lmasa, u pochta orqali buyurtma xat bilan jo‘natiladi va jo‘natilganidan e’tiboran uch kun o‘tgach, topshirilgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeks 54-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organi qarorining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etishi hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lashi shart.
Da’vo arizasida bayon etilishicha, DSI tomonidan 2017 yil 25 mayda javobgarga nisbatan 2.276.164.600 so‘m moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida 11/9221-son qaror qabul qilingan. Da’vo arizasiga ushbu qarorni javobgarga topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan.
Bunday holatda DSI tomonidan Soliq kodeksining 104-moddasida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilmagan hisoblanadi.
Iqtisodiy protsessual kodeksning 155-moddasi 4-qismiga binoan da’vo arizasining qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta iqtisodiy sudga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 107-moddasi 5-bandiga ko‘ra, da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud da’voni ko‘rmasdan qoldiriladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling